Siyosat

dayjest

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotirda — TIV

O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan chuqur xavotir bildirdi. “Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan bo‘lgan xatar va tahdidlarning misli ko‘rilmagan darajada kuchayishiga olib kelishi mumkin”, — deyiladi bayonotda.


dayjest

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionatni Toshkentga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi

O‘zbekiston prezidenti va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Issiqko‘ldagi 4 ta pansionatni rasmiy Toshkentga berish haqidagi xalqaro shartnomani tasdiqladi. Unga ko‘ra, uchta bank va mexanika zavodi rekonstruksiyani yakunlashi va u yerda mehmonxona komplekslarini tashkil etishi kerak bo‘lgan mulk huquqini oladi.


dayjest

O‘zbekiston va Bagama orollari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

O‘zbekiston Bagama orollari bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. U O‘zbekiston bilan munosabatlar o‘rnatgan 155-davlat bo‘ldi.


dayjest

Senat O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi maxfiy axborotni himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi

O‘zbekiston senatorlari o‘tgan yilning may oyida prezidentning Xitoyga tashrifi chog‘ida imzolangan Xitoy bilan maxfiy ma’lumotlarni o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.


Iqtisodiyot

dayjest

Markaziy bank UPay to‘lov xizmati faoliyatini olti oyga chekladi. Kompaniya qarordan norozi

UPay to‘lov xizmati qimor o‘yinlari bilan bog‘liq tranzaksiyalar tufayli Markaziy bank cheklovlariga uchradi. Xizmatning bosh kompaniyasi hisoblangan Humans Markaziy bank qaroridan norozi ekanini bildirib, regulyatorning harakatlari qonunga zid ekanligini ta’kidladi.


dayjest

Antikorrupsiya agentligi korrupsion jinoyat qilgan xodimlarning yarim yillik tahlilini e’lon qildi

Antikorrupsiya agentligi tahliliga ko‘ra, 2024-yilning yarim yilligida banklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Sog‘liqni saqlash, Bandlik va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari tizimida korrupsiyaga oid jinoyatchilik kamaydi. Maktab va bog‘cha ta’limi vazirligi, mahalliy hokimliklar xodimlari orasida esa ortdi.


Jamiyat

dayjest

Uzbekistan Airways vaqtincha Iroq va Eron havo hududini aylanib o‘tadi

Uzbekistan Airways Yaqin Sharqdagi notinch vaziyat sabab “xavfsizlikni ta’minlash maqsadida” parvozlarni Iroq va Eron havo hududlarini aylanib o‘tgan holda amalga oshiradi.


dayjest

Toshkent viloyatida 30 dan ortiq kobra ilonlar ochiqlikka qo‘yib yuborildi (video)

Yangiyo‘l tumanining Tuyabo‘g‘iz qishlog‘ida fuqaro uyida noqonuniy saqlanuvchi 30 dan ortiq kobra ilon qochib ketdi (Ekologiya boshqarmasiga ko‘ra, qo‘yib yuborilgan). Hozirda ishchi guruh xonadonlarda dorilash ishlarini olib bormoqda, fuqarolarga uy hayvonlarini vaqtincha tutqunlikda saqlab turish tavsiya qilindi.


dayjest

Piskentda ko‘prik yuk mashinasi o‘tayotgan vaqtda quladi

Piskent tumanidagi ko‘prik ustidan yuk mashinasi o‘tayotgan vaqtda qulab tushdi. Hodisa vaqtida ko‘prikda odamlar bo‘lmagan. Yuk mashina haydovchisi sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.


dayjest

Buxoroda Lacetti 2 nafar o‘quvchini urib yubordi, ulardan biri vafot etdi

Qorako‘l tumanida Lacetti tunda piyodalar o‘tish joyida qizil chiroqda o‘tayotgan 3 nafar o‘quvchi qizning 2 nafarini urib yubordi. Hodisa oqibatida ulardan biri vafot etdi, boshqasi shifoxonada davolanmoqda.


dayjest

Toshkent viloyatida 41 yoshli erkak 4 yoshli qizchaga zo‘rlik ishlatganlikda gumonlanmoqda

Yangiyo‘lda 4 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etishda gumonlanayotgan 41 yoshli erkak ushlandi. O‘rganishlar davomida uning yonida giyohvandlik moddasi topildi. Shuningdek, u ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.


dayjest

Xonanda Jahongir Otajonov mashinasida 195 km/soat tezlikkacha chiqib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzdi

Xonanda Jahongir Otajonov Zeekr avtomobilida aholi punktidan tashqarida 195 km/soat tezlikkacha chiqdi (ruxsat etilgan tezlik 100 km/soat). U videoni Instagram’ga joyladi. Bu so‘nggi kunlarda yo‘l harakati qoidalari namoyishkorona buzilgan birinchi holat emas. YHXX tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qildi.


dayjest

Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti faoliyatini boshladi

Poytaxtda Amerika texnologiyalar universiteti ochildi. Unda muhandislik, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari o‘qitiladi. 2024/2025 o‘quv yilida Xalqaro savdo va Dasturiy muhandislik yo‘nalishida o‘qish boshlanadi.


dayjest

Yandex Maps navigatsiyasiga o‘zbekcha ovoz qo‘shildi

Yandex Maps ilovasida endi o‘zbek tilida ovozli navigatsiya mavjud. U avtomobilda yo‘nalish bo‘ylab yurishga yordam beradi.


dayjest

Uzbekistan Airways keksalar uchun turizm oyligi munosabati bilan chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways 60 yoshdan katta erkaklar va 55 yoshdan katta ayollar uchun 1-noyabrdan 30-noyabrgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga 15 foizgacha chegirma elon qildi.


dayjest

Namanganda haydovchi mikroavtobusda 30 dan oshiq bolani tashigani aniqlandi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 30 nafardan ortiq bog‘cha tarbiyalanuvchisini Hyundai Starex mikroavtobusida tashigan haydovchiga chora ko‘rildi.


Jahon

dayjest

Buyuk Britaniyada oxirgi ko‘mir elektr stansiyasi yopildi

Buyuk Britaniyaning oxirgi ko‘mir elektr stansiyasi yopildi. Mamlakat “Katta yettilik” orasida elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mirdan foydalanishdan butunlay voz kechgan ilk davlat bo‘ldi.


dayjest

AQSh va G7 Isroilni Eronning yadroviy obyektlariga zarba berishdan ogohlantirdi — FT

AQSh va G7 ning boshqa davlatlari Isroilni Eronning yadroviy obyektlariga zarba berishdan ogohlantirdi. G‘arb OAV obyektlar Tehron raketa hujumiga javoban Tel-Aviv uchun nishon bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.


dayjest

Singapurning sobiq transport vaziri qimmatbaho sovg‘alar olgani uchun bir yilga qamaldi

Singapur sudi sobiq transport vazirini biznesmenlardan qimmatbaho sovg‘alar olganlikda aybdor deb topib, bir yilga ozodlikdan mahrum qildi. Siyosatchi aybiga iqror bo‘ldi. Bu ish mamlakatda katta rezonansga sabab bo‘ldi — so‘nggi 40 yil ichida bu vazir bilan bog‘liq birinchi korrupsiya mojarosi hisoblanadi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!