Toshkent viloyati Piskent tumanidagi ko‘prik qulab tushdi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

2-oktabr kuni soat 20:00 larda 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro Howo yuk mashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda ko‘prik o‘pirilib tushgan. Oqibatda yuk mashinasining tirkamasi kanalga tushib ketgan.

Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda ko‘prikda fuqarolar bo‘lmagan. Haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.

Holat yuzasidan tegishli organ xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.