Uzbekistan Airway nafaqa yoshidan katta fuqarolarga aviachiptalar uchun 15 foizgacha chegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Chegirma keksalar uchun turizm oyligi munosabati bilan 2024-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning barcha ekonom klassdagi tariflariga amal qiladi.

Chegirmali aviachipta xarid qilayotganda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki ID-kartasi bo‘lishi kerak.

Chegirmali aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy agentlaridan, shuningdek www.uzairways.com saytida xarid qilish mumkin.

Yo‘lovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. Ularga 15 foizgacha taqdim etiladigan chegirma amal qilmaydi.

Ma’lumot uchun 2020-yilda noyabr keksa yoshdagi sayohatchilar uchun turizm oyi deb e’lon qilingan.