2-oktabr kuni futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatining dastlabki finalchisi nomi ma’lum bo‘ldi. Toshkentdagi “Humo Arena"da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Braziliya terma jamoasi Ukraina ustidan 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Ukrainlar birinchi bo‘limni g‘olib sifatida yakunlaganiga qaramay, ikkinchi taym boshida ikki daqiqa ichida ikkita gol o‘tkazib yubordi. 29-daqiqada Ihor Korsun hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo o‘yin tugashiga 4 daqiqa qolganida braziliyalik Diyego dublni rasmiylashtirib, pentakampeonlarni finalga chiqishini ta’minladi.

Final 6-oktabr kuni soat 20:00 da “Humo Arena"da boshlanadi, unda Braziliya Argentinaga qarshi bahs olib boradi. Ukraina esa 3-o‘rin uchun Fransiyaga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu bahs ham “Humo Arena"da bo‘ladi, soat 17:30 da boshlanadi.

“Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf Ukraina — Braziliya (2:3) uchrashuvini bevosita arenadan kuzatib, e’tiborga molik lahzalarni fotosuratlarga muhrladi.