Yevropa Ittifoqi davlatlari Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillar uchun import bojlari oshirilishini ma’qulladi, deb yozdi Financial Times.

Yevropa Komissiyasi tomonidan ilgari surilgan taklifga ko‘ra, amaldagi 10 foizga qo‘shimcha ravishda 35 foizgacha bo‘lgan qo‘shimcha bojlar joriy etiladi. Germaniya va Vengriya bunga faol qarshi chiqdi.

Gazeta manbalarining xabar berishicha, qaror YIga a’zo 10 davlat qo‘llovi bilan qabul qilingan, 5 davlat qarshi va 12 davlat betaraf bo‘ldi.

Yangi bojlar besh yilgacha davom etadi va Tesla uchun 7,8% va SAIC uchun 35,3% oralig‘ida bo‘ladi.

Xitoy allaqachon Yevropa brendlari, cho‘chqa go‘shti va sut mahsulotlari importiga javob tariflarini joriy etish bilan tahdid qilgan.

Bryussel 2023-yil oktabr oyida Xitoy elektromobillariga qarshi antidemping tekshiruvini boshlagandi. YK elektromobil ishlab chiqaruvchilari va ularning yetkazib beruvchilariga subsidiyalar, jumladan, arzon yer va banklardan kreditlar belgilaganini ma’lum qilgan.

Xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchilari yuqori tariflardan qochish uchun sotuvni cheklash va narxlarni oshirishni taklif qildi, biroq YeI bundan bosh tortdi.

Yevropa avtozavodlari xitoylik raqobatchilarining arzonroq elektromobillari oqimiga duch kelmoqda. YK hisob-kitoblariga ko‘ra, ularning YI bozoridagi ulushi 2019-yildagi 1 foizdan 8 foizga oshgan va 2025-yilda 15 foizga yetishi mumkin. Xitoy elektromobillarining narxi odatda YIda ishlab chiqarilgan modellardan 20 foizga past.