O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-sentabr kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida shaffoflikni ta’minlash va boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlarni tadbirkorlarga berish yuzasidan o‘tkaziladigan tender jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratiladi.

Bundan tashqari, sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi to‘plash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va shoxobchalar faoliyatini aholi tomonidan kuzatish imkoniyatini yaratiladi.

Chiqindilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi barcha maxsustexnikalarga sanitar tozalash korxonalari mablag‘lari hisobidan onlayn kuzatuv (GPS) tizimini o‘rnatish hamda mazkur texnikalarni kuzatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun oylik to‘lovlarni markazlashgan holda amalga oshirish va bu orqali chiqindilarning belgilangan grafik va muddatlarga muvofiq olib chiqib ketilishini kuzatish imkoniyatini yaratiladi.

Sanitar tozalash korxonalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko‘lami bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilish hamda sanitar tozalash korxonalari bilan qayta aloqa qilishuchun “Koll markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, sanitar tozalash korxonalari xizmat ko‘rsatuvchi hududlarning geografik chegarasi hamda aholi va yuridik shaxslarga biriktirilgan chiqindilarni yig‘ish maydonchalari (konteyner) joylashuvi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar beriladi, abonentlarning hosil bo‘lgan chiqindilarini olib chiqib ketish grafigini ko‘rsatiladi.

Farmon bilan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.