sentabr oyi oxirida AQSh janubi-sharqida sodir bo‘lgan “Helen” to‘foni qurbonlari soni 200 kishidan oshdi, deb xabar bermoqda CNN. Xelen 2005-yildagi Katrinadan keyingi eng halokatli bo‘ron bo‘ldi.
Bugungi kungacha oltita shtatda 213 ta o‘lim tasdiqlangan, ularning yarmi Shimoliy Karolinaga to‘g‘ri keladi.
Yuzlab odamlar hamon bedarak yo‘qolgan. 850 mingdan ortiq odam avvalgidek elektrsiz qolmoqda, shuningdek, ko‘plab yo‘llar yopilgan, bu esa jabrlangan hududlarga yordam yetkazilishiga to‘sqinlik qilmoqda.
https://twitter.com/ATLFireRescue/status/1839724663582154832?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1839724663582154832%7Ctwgr%5E108f0d7c72ca09d7274314db981c2167127fcf9d%7Ctwcon%5Es1_c10&ref_url=https%3A%2F%2Fwww.gazeta.uz%2Fru%2F2024%2F10%2F04%2Fhurricane%2F
Prezident Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Harris Janubiy va Shimoliy Karolina va Jorjiya shtatlariga tashrif buyurdi. “Men sizni ko‘ryapman, men sizni eshityapman, siz bilan birga qayg‘uryapman va sizni qo‘llab-quvvatlashga va’da beraman”, — dedi Bayden Jorjiya shtatining Rey-Siti aholisiga.
Bayden ma’muriyati dovul qurbonlariga yordam berish uchun 10 million dollar ajratilganini aytdi. Bundan tashqari, 8,8 million porsiyadan ortiq ovqat, 7,4 million litr suv va 150 generator yuborildi. Prezident, shuningdek, 1000 nafar harbiy xizmatchini qutqaruv ishlariga jo‘natishni buyurdi.
“Biz ko‘plab ofatlarni boshdan kechirganmiz. Biz o‘rmon yong‘inlari paytida Maui oroliga borganmiz. Biz hech qachon bunday narsani… uylar va mol-mulk loyga to‘lib, butun bir shahar ko‘lga yuvilib ketganini ko‘rmaganmiz”, — dedi CNN telekanaliga tabiiy ofatlarni boshqarish bo‘yicha ko‘ngillilar guruhi rahbari Robert Gode.
https://twitter.com/AaronRigsbyOSC/status/1839642337795867093?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1839642337795867093%7Ctwgr%5E108f0d7c72ca09d7274314db981c2167127fcf9d%7Ctwcon%5Es1_c10&ref_url=https%3A%2F%2Fwww.gazeta.uz%2Fru%2F2024%2F10%2F04%2Fhurricane%2F