Samsung Electronics bugun o‘zining 2024-yilgi Neo QLED va QLED sinfidagi yettita televizor modeli uchun nemis elektrotexnika sohasida yetakchi bo‘lgan Verband Deutscher Elektrotechniker (VDE) sertifikatlashtirish institutining True Cinema Black va HDR Brightness Accuracy sertifikatlarini olganini e’lon qildi.

HDR Brightness Accuracy sertifikati ushbu televizor modellari HDR yorqinlik darajalarini to‘g‘ri hisoblash orqali ultra realistik tasvirni ta’minlashini anglatadi.

True Cinema Black sertifikati televizorlarning chuqur, immersiv tomosha taassurotini taqdim etish qobiliyatini anglatadi.

“Texnologiyalar rivojlanishda davom etmoqda, bu bizga mijozlarimizning uylarida mislsiz tomosha taassurotini taqdim etish imkonini beradi. Biz yuqori aniqlikdagi va katta ekranli televizorlarda tasvir sifati uchun eng yuqori standartlarni o‘rnatishga sodiqmiz va Neo QLED televizorlarimiz VDE tomonidan ushbu sohada ilk bor sertifikatlarga sazovor bo‘lganidan faxrlanamiz”, – dedi ijrochi prezident o‘rinbosari va vizual displey biznesi ilmiy-tadqiqot guruhi rahbari o‘rinbosari Yongjae Kim.

Film ranglarini jonlantirish

Samsung’ning 2024-yilgi Neo QLED 8K va 4K modellaridan oltitasi, shuningdek, bitta QLED 4K modeli HDR Brightness Accuracy sertifikatiga erishdi. Bu sertifikat ushbu modellar HDR kontentining yorqinlik darajasini to‘g‘ri hisoblashi, HDR standartlariga muvofiqligi va tasvirning inson ko‘zi orqali idrok qilingan tasvir darajasiga yaqin sifatini ta’minlaydi. 

HDR texnologiyasi tasvirning yorqin va qorong‘i joylarini yaxshilaydi va filmlarni jonlantiradigan tafsilotli va real tasvirlarni taqdim etadi. Mehmonxonada, yotoqxonada, ofis yoki oshxonada bo‘lsin, Samsung Neo QLED va QLED televizorlari mijozlarga har qanday muhitda ajoyib kinematik sifatdan bahramand bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.

Uyda tomosha qilish taassurotini oshirish

Shuningdek, Samsung’ning 2024-yilgi Neo QLED va QLED sinfidagi ushbu yettita modeli tim qora maydonlar hosil qilish tezligiga e’tibor beradigan True Cinema Black sertifikatini qo‘lga kiritgan bo‘lib, uyda tomoshadan zavqlanish bo‘yicha yangi mezon o‘rnatdi. Bu televizorlar tomonlar nisbati keng bo‘lgan filmlarni 4:3 formatiga o‘zgartirib, ekranga ortiqcha yorug‘lik tushirmasdan, tasvir pozitsiyasini aniq moslashtira oladi va shu tarzda kinematik sifatni saqlab qoladi.

Sertifikatlash ekranning Letterbox qismidagi qora rang darajalarini qat’iy baholashga asoslanadi. Bunda American Society of Cinematographers (ASC) tomonidan taqdim etilgan rasmiy videofutajni tomosha qilish davomida shu qismlardagi rang va yorug‘likning chuqur va immersivligi tekshiriladi. Jarayonda Video Electronics Standards Association (VYeSA®) ko‘rsatmalariga rioya qilinadi. Yuqori sifatli tim qora maydonlar hosil qilish texnologiyasi keraksiz yorug‘lik ta’sirini bartaraf etib, tomoshabinlarga filmlarni film yaratuvchilari mo‘ljallagan sifat – chuqur tim qora ranglar va yorqin tafsilotlar bilan xuddi kinoteatrda tomosha qilish taassurotini beradi.

Samsung kompaniyasining innovatsiyalar va sifatga sodiqligi sanoatdagi yuqori standartlarga javob beradigan televizorlarni ishlab chiqishga sababchi bo‘ldi. True Cinema Black va HDR Brightness Accuracy sertifikatlari bilan 2024-yilgi Neo QLED sinfi foydalanuvchilarga har qanday sharoitda sifatli tasvirdan bahramand bo‘lish uchun uyda o‘ziga xos ko‘ngilochar qulayliklarni taqdim etishga tayyor.

Batafsil ma’lumot uchun Samsung.com va Samsung Newsroom Uzbekistan rasmiy havolalariga tashrif buyurish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.