O‘zekistonda har yili 200 mingdan ziyod yoshlar oliy ta’lim muassasalarini tugatib, mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Ularning bandligini ta’minlash, mutaxassisligidan kelib chiqib ish o‘rinlarini yaratish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan, davlatning ertangi kuni, aholining umidi hisoblangan bitiruvchi yoshlar o‘zlarining ish joylariga ega bo‘lishlari uchun “Adolat” SDP saylovlar oldidan oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Kafolatlangan birinchi ish joyi” loyihasini hayotga tadbiq etish g‘oyasini ilgari surmoqda.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlarga birinchi ish joyini topishlarida ko‘maklashish va ularni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash bilan izohlanadi.

Bu borada dunyo davlatlarida ilg‘or tajribalar to‘plangan. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda amalga oshiriladigan Youth Guarantee dasturi shular jumlasiga kiradi. Bu dastur Yevropa komissiyasi tomonidan 2013-yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, u yoshlarni ishsizlikdan himoya qilish va ularning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirishini ta’minlashga qaratilgan.

“Adolat” SDP taklif etayotgan mazkur loyiha yoshlarning mehnat bozoriga kirishlaridagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga yordam beradi, ish beruvchilar uchun esa yosh va tayyor mutaxassislarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

Sayt: Adolat.uz
Facebook: fb.com/sdpu.adolat
Instagram: @adolat_sdp
Telegram: t.me/adolat_uz
Twitter: twitter.com/AdolatTv
YouTube: @adolatsdp8295

Reklama huquqlari asosida.