Onix turar-joy majmuasi tayyor kadastrga ega zamonaviy kottejlarni boshlang‘ich to‘lovsiz xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Bunda 50 foiz to‘lov 12 oy davomida muddatli to‘lov evaziga amalga oshiriladi. Qolgan 50 foiz to‘lov esa bir yildan so‘ng, naqd yoki 15 yilgacha imtiyozli ipoteka xizmati asosida rasmiylashtiriladi.
Onix turar-joy majmuasi Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan. Majmua maydoni 3 gektar bo‘lib, tayyor kadastrga ega 114 ta 1,6 sotixdan 2 sotixgacha bo‘lgan kottejlarni o‘z ichiga oladi.
Har bir xonadon ikki pallali isitish qozoni, radiatorlar, kuchaytiruvchi aylanma nasos va Engelberg oyna romlari kabi zamonaviy texnologiyalar va muhandislik yechimlari bilan ta’minlangan.
Qurilish jarayonida iqlim saqlovchi va ovoz qaytaruvchi xususiyatga ega bo‘lgan yengil bo‘shliqli qizil g‘isht ishlatilgan. Ushbu qurilish materiali nafaqat mustahkam, balki xonadonda qulay yashash sharoitlarini yaratishga ham xizmat qiladi.
Xonadonlar soni cheklangan.
Telefon: (+998) 55−512−22−20.
Manzil: Mirobod t-ni, Eski Otchopar ko‘ch., 58B.
Instagram: @onixuz
Telegram: t.me/onix_kottedj
Reklama huquqlari asosida.