6-oktabr kuni O‘zbekistonning Pokistonga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Alisher To‘xtayev Islomobodga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Bu lavozimga tayinlangunga qadar Alisher To‘xtayev O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Diplomat Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, TIV, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident administratsiyasida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
Shuningdek, u O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasida ham avval maslahatchi, so‘ngra rais o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Alisher To‘xtayev 2021—2024-yillarda O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Oybek Usmonov o‘rniga tayinlandi.