8-oktabrdan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari yo‘lovchi jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi, deya xabar bermoqda “Temiryo‘lekspress” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.
Iyul oyi oxirida “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi mazkur poyezdlarning ertalabki qatnov vaqtini o‘zgartirishni taklif qilgandi. Bu “xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash maqsadida” amalga oshirilmoqda.
Yangi jadval bo‘yicha ertalab jo‘nash vaqti:
- 764-sonli Toshkent — Qarshi yo‘nalishi: Toshkent 06:28 — Qarshi 10:07;
- 766-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 06:51 — Samarqand 09:21;
- 768-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 07:27 — Buxoro 11:38;
- 770-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 07:54- Buxoro 12:11;
- 778-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 06:03- Buxoro 10:14;
- 774-sonli Toshkent — Shahrisabz yo‘nalishi: Toshkent 06:28- Shahrisabz 11:12.
Yangi jadval bo‘yicha tushdan keyin jo‘nash vaqti:
- 772-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 19:39 — Buxoro 00:01;
- 763-sonli Qarshi — Тошкент yo‘nalishi: Qarshi 17:29 — Toshkent 21:10;
- 765-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 17:39 — Toshkent 20:12;
- 767-sonli Buxoro — Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 16:24 — Toshkent 20:38;
- 769-sonli Buxoro — Toshkent yo‘nalish: Buxoro 15:00 — Toshkent 19:19.
Eslatib o‘tamiz, 15-maydan boshlab “Afrosiyob” elektropoyezdlarining chiptalari narxi ekonom klass uchun 20 foiz, biznes klass uchun 30 foiz va VIP klass uchun 40 foizga oshirilgan. Kompaniya narxlar oshishini elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash maqsadi bilan izohlagan.