O‘zbekistonda tashkillashtirilgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati yakuniga yetdi. Musbaqaning final uchrashuvida shu vaqtgacha besh karra jahon chempioni hisoblangan Braziliya va 2016-yilgi mundial g‘olibi Argentina terma jamoalari bahs olib bordi.

O‘yinning 1-taymida Ferran va Rafa Santos tomonida kiritilgan ikki gol Braziliyaga g‘alaba keltirdi. Argentinalik bunga faqat bir marta, o‘yin yakunlaniga ropa-rosa ikki daqiqa qolganida Rosaning goli bilan javob beroldi, xolos. Shu tariqa Braziliya olti karra jahon chempioniga aylandi.

Shuningdek, musobaqa “Oltin to‘pi” Braziliya terma jamoasi sardori Diyegoga, “Oltin butsa”si 10 ta gol bilan chempionat to‘purariga aylangan braziliyalik Marselga, eng yaxshi darvozabonga atalgan “Oltin qo‘lqop” esa braziliyaliklar posboni Villianga nasib etdi.

Ma’lumot uchun, musobaqaning 3-o‘rin uchun bahsida Ukraina terma jamoasi Fransiyani 7:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

“Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf futza bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati final uchrashuvining e’tiborga molik lahzalarini fotosuratlarga muhrladi.