Qoraqalpog‘istonda haydovchi Damas ichida 27 nafar bola bilan harakatlangani aniqlandi. Bu haqda MY5 telekanalining Hudud dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, avtomobil YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilganda haydovchi bolalarni bog‘chadan olib qaytayotgani bildirgan. Unga nisbatan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Mashina buzuq bo‘lgani uchun ilojsizlikdan qildim. Bo‘lmasa, mindirmay ketardim. Boshqa qaytarilmaydi”, — dedi haydovchi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda yil boshidan buyon bolalar bilan bog‘liq 57 ta YTH sodir bo‘lgan, ular oqibatida 9 nafar bola vafot etgan.