Siyosat
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiya poytaxti Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Mamlakat rahbari MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiya poytaxti Moskvaga yetib bordi. Uni aeroportda RF prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqalar kutib oldi. Shavkat Mirziyoyev tashrif doirasida MDH sammitida qatnashadi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda propan narxi nega oshib ketdi? Energetika vaziri bu savolga javob berdi
Energetika vaziri apreldan sentabrgacha propanning birja narxi 2 baravarga oshgani haqidagi savolga javob berdi. Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, bunga jumladan propan-butan ishlab chiqarish yetarli darajada oshmagani, propanda harakatlanuvchi avtotransportlar soni esa 1,57 baravar oshgani sabab bo‘lgan.
Gazlashtirilmagan hovlilar uchun ham elektroenergiya tariflariga 50 foizlik chegirma berilishi rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda gaz ta’minotiga ulanmagan hovlili uy-joylar uchun ham elektr energiyasi tarifidan 50 foizlik chegirma berilishi rejalashtirilmoqda. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, bu o‘zgarishni 1-yanvardan joriy etishga harakat qilinmoqda.
“Bizga baribir katta reaktor kerak” — Jo‘rabek Mirzamahmudov AES qurilishi haqida
Energetika vaziri O‘zbekiston umumiy energoquvvatining juda kichik qismini tashkil qilishiga qaramay mamlakatda kichik AES qurilishi rejalashtirilayotgani haqidagi savol berdi. “Bizning maqsadimiz keyinroq kattasini qurish”, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Shaffof sement sanoat’ga manipulyatsiya harakatlarini sodir etgani uchun chora ko‘rildi
Raqobat qo‘mitasi Shaffof sement sanoat’ga nisbatan chora ko‘rilganini ma’lum qildi. Korxona 20 ming tonnadan ortiq sementni birjaga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgan, bu harakat esa manipulyatsiya deb baholanadi.
“200 kVtlik norma oshirish uchun emas, tahlillardan kelib chiqib kiritilgan” — energetika vaziri
Energetika vaziri elektr energiyasi uchun kiritilgan 200 kilovattlik norma oshirilishi kutilmayotganini aytdi. “200 kVtlik norma oshirish uchun emas, tahlil qilib, barchasini o‘rganib, iste’mol va me’yorlardan kelib chiqib kiritilgan”, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana rekord o‘rnatdi va 41 mlrd dollardan oshdi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana rekord ko‘rsatkichni o‘rnatdi. sentabrda oltin narxining o‘sishi fonida zaxiralar 2 mlrd dollarga oshib, 41,1 mlrd dollarga yetdi. O‘tgan oy MB oz miqdorda qimmatbaho metall sotdi, ammo oltin zaxirasining qiymati sezilarli darajada ortdi.
Jamiyat
Narkotiklarning noqonuniy aylanmasi uchun jazo kuchaytirildi
Giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi, shuningdek, bu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etganlik uchun jazolar kuchaytirildi. Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga qo‘shimcha moddalar qo‘shildi. Yangi moddalar va ularda belgilangan jazolar bilan ushbu materialda tanishish mumkin.
Samarqandda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan “Jiguli” haydovchisi halok bo‘ldi
Pastdarg‘om tumanida mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olgan “GAZ53” yuk mashinasi “Jiguli” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.
Namanganda o‘quvchilar ijaraga olgan Gentra YTHga uchradi, o‘smirlardan biri vafot etdi
Namangan shahrida 5 nafar o‘quvchi ijaraga olgan Gentra yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, katta tezlikda yuk mashinasiga urildi. Oqibatda mashina boshqargan 17 yoshli o‘smir vafot etdi, qolgan 4 nafari shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.
Video: Qashqadaryoda yuk mashinasiga gaz quyish vaqtida portlash sodir bo‘ldi
Qashqadaryoning Qarshi tumanida gaz to‘ldirish shoxobchasida yuk mashinasiga yonilg‘i quyish vaqtida portlash sodir bo‘ldi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, hozirda portlash sabablari o‘rganilmoqda.
Hafta davomida yog‘ingarchiliksiz, iliq ob-havo kuzatiladi
O‘zbekistonda ish haftasi davomida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Harorat kechalari +8…+13, kunduz kunlari +23…+28 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin.
8-oktabrdan “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi vaqti bir soat oldinga ko‘chiriladi
“Afrosiyob” elektrpoyezdlari qatnovlari vaqti 8-oktabrdan boshlab bir soat oldinga ko‘chiriladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi buni sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash bilan izohlagandi.
Qoraqalpog‘istonda 27 nafar bolani tashiyotgan Damas to‘xtatildi
Qoraqalpog‘istonda Damas haydovchisi salkam 30 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi bilan harakatlangani aniqlandi. Holatga “bog‘chaning ikkinchi avtomobili buzilib qolgani” sabab bo‘lgan.
Yarim yil ichida farzand asrab olish bo‘yicha 2543 ta da’vo arizasi qanoatlantirilgan — Oliy sud
O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi yarim yilligida sudlarda bolani oilaga farzandlikka olish bilan bog‘liq 2701 ta ish ko‘rilgan bo‘lsa, undan 2543 ta da’vo arizasi qanoatlantirilgan.
9 oy ichida tez yordamga 10 millionga yaqin chaqiriq kelib tushdi
Respublika tez tibbiy yordam markazi yanvar-sentabr oylarida 9,9 millionta chaqiriq qabul qildi. Ularning eng ko‘pi Farg‘ona vodiysi va Toshkentda, eng kami esa Jizzax, Buxoro hamda Xorazm viloyatida qayd etildi. Chaqiruvlarning 2,5 milliontasida bemorlar surunkali kasalliklardan shikoyat qilgan.
Bandlik vazirligi kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi
Mahallabay ishlash agentligi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Bandlik vazirligiga o‘tkazildi. Vazirlik, shuningdek, ishsizlar hisobini yuritadi, ishga joylashtiradi, kasbga va tillarga o‘qitadi. Kasbiy malaka markazlari tashkil etiladi, bitiruvchilar xalqaro sertifikatlar olishi mumkin bo‘ladi.
“Nogironligi bo‘lgan shaxslar yuridik yordam olishda to‘siqlarga uchrayapti” — nogironlar huquqi faoli
O‘zbekistonda ko‘plab nogironligi bo‘lgan shaxslar qonunlarda kafolatlangan huquqlaridan bexabar qolib ketmoqda. Nogironlar huquqi faoliga ko‘ra, ular yuridik yordam va maslahat olishda ham to‘siqlarga uchrayapti. Shu sababli bunday muammolarga yechim sifatida huquqplus.uz huquqiy axborot portali ishga tushirildi.
O‘zbekistonda 8−13-oktabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
O‘zbekistonda 8−10-oktabrda ob-havo “komfort” bo‘ladi — ammo baribir kechki mahal yengil kiyinib yurolmaysiz. Dam olish kunlari havo sezilarli sovishi, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiyda mavsumdagi ilk “sovuq urishi” hodisalari yuz berishi kutilmoqda. “Gazeta.uz"dan ob-havo sharhi va tavsiyalar.
Chinniobodliklarga ko‘mir koni kengaytirilishi sabab 60 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lab beriladi
Ko‘mir konining kengaytirilishi munosabati bilan Toshkent viloyatidagi Chinniobod mahallasi aholisiga uylarini ko‘chirish yoki buzish uchun 60 mlrd so‘mdan ortiq pul to‘lanadi. Hokimiyat barcha mulkdorlar bilan kelishuvga erishdi, deb xabar qildi viloyat hokimligi.
Sport
Srechko Katanets salomatligi sabab Eron va BAAga qarshi o‘yinlarda terma jamoani boshqarmaydi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani sabab Eron va BAAga qarshi bahslarda ishtirok etmaydi. Uchrashuvlarga jamoani yordamchi murabbiylar Alesh Chex hamda Vlado Radmanovich tayyorlaydi.
Fotoreportaj: Braziliya — futzal bo‘yicha olti karra jahon chempioni
Braziliya futzalchilari 6-oktabr oqshomida “Humo Arena"da qit’adoshlari Argentina 2:1 hisobida yengib, 2024-yilgi mundial g‘olibiga va olti karra jahon chempioniga aylandi. O‘zbekiston mezbonlik qilgan musobaqaning eng so‘nggi bahsidan “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf reportaj tayyorladi.
Fotoreportaj: Ukraina futzal bo‘yicha jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston mezbonlik qilgan 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning bronza medallari uchun bahsda Ukraina terma jamoasi Fransiyani 7:1 hisobida mag‘lub etdi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf ushbu uchrashuvdan fotoreportaj tayyorladi.
Jahon
Tibbiyot bo‘yicha Nobel genlarni boshqaruvchi molekulalarni kashf etgan olimlarga berildi
Tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti genlar faoliyatini boshqaruvchi mikroRNK molekulalarini kashf etgan Viktor Ambros va Gari Ruvkunga berildi.
Qozog‘istondagi referendumda qatnashgan 71,1 foiz fuqaro AES qurilishini yoqlab ovoz berdi
Qozog‘iston Markaziy komissiyasi AES qurish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumning dastlabki natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, referendumda ishtirok etgan 5,56 million yoki 71,12 foiz fuqaro AES qurishni yoqlab ovoz berdi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!