Toshkent shahri Sharoit plyus nogironlar jamoat birlashmasi va Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik klinikasi hamkorligida 28-sentabr kuni “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularga bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi muammolar va yechimlar” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. Bu haqda “Gazeta.uz” muxbiri xabar bermoqda.

Unda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakili Akiko Fujii, Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik klinikasi boshlig‘i Otabek Narziyev, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro NNT filiali direktori Petra Goryub, nogironlar huquqlari faollari va OAV vakillari qatnashdi.

nogironligi bo‘lgan shaxslar, шароит плюс, yuridik klinika, huquqiy саводхонлик

Qayd etilishicha, hozirda O‘zbekistonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning umumiy soni 967 ming 925 nafarni tashkil etmoqda. Ularning huquq va erkinliklari qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda aks ettirilgan. Xususan, 2024-yilda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. 2021-yili mamlakat BMTning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasini ratifikatsiya qildi. Yangi Konstitutsiyada nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari alohida qayd etildi.

“Afsuski, ko‘plab nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligi past darajada bo‘lib, ular qonunlarda kafolatlangan huquqlari haqida bexabar qolib ketmoqda. Bunga sabab — umumiy va huquqiy ta’lim olishdagi to‘siqlar hamda qonunlarimiz qiyin yuridik tilda yozilayotgani bo‘lishi mumkin. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar yuridik yordam va maslahat olishda to‘siqlarga uchrayapti. Natijada huquqlar faqatgina qonunlarda aks ettirilib, amalda ular ijrosini ta’minlashda bir qator muammolarga duch kelinmoqda”, — dedi Sharoit plyus nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muhabbat Rahimova.

nogironligi bo‘lgan shaxslar, шароит плюс, yuridik klinika, huquqiy саводхонлик

Muhabbat Rahimova

Uning so‘zlariga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarning haq-huquqlari borasida targ‘ibot ishlarini olib borish juda sust darajada.

“Mutasaddilarning nogironlik masalalariga e’tibori kamligini ham ta’kidlash zarur. Bizga nogironligi bo‘lgan shaxslar ko‘p murojaat qiladi. Ular bilan suhbatlashganimizda o‘z muammosiga yechim izlab yoki maslahat olish uchun turli davlat tashkilotlari, hokimliklarga borganida, u yerdagilar qonuniy asoslarni ko‘rsatmagan holda, rad javobi ayttanini ta’kidlashadi. Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat transportidan foydalanish va boshqa kundalik masalalarga taalluqli huquqlarining buzilishi holatlari ham ko‘p uchramoqda”, — dedi Muhabbat Rahimova.

nogironligi bo‘lgan shaxslar, шароит плюс, yuridik klinika, huquqiy саводхонлик

Uning qayd etishicha, yuqoridagi muammolarga innovatsion va inklyuziv yechim sifatida 2023-yilning sentabrida Sharoit plyus nogironlar jamoat birlashmasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) jamoatchilik tashabbusi yordamida huquqplus.uz loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu maxsus huquqiy axborot veb-portalida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirishga qaratilgan materiallar e’lon qilib boriladi.

“Loyihaning asosiy maqsadi shuki, turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslar, ularning ota-onalari yoki vasiylari, nogironlar jamoat birlashmalari vakillari hamda aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish hamda ularning huquqlarini himoya qilishdir. Maxsus veb-portalda huquqiy ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘rt xil formatda taqdim etilyapti: oddiy matn, audio formati — ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun, video formati — eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun o‘zbek imo-ishora tilida hamda oson matn — aqliy nogironligi bo‘lgan va o‘qishda qiynaladigan shaxslar uchun”, — dedi loyiha koordinatori Zafarbek Ergashev.

nogironligi bo‘lgan shaxslar, шароит плюс, yuridik klinika, huquqiy саводхонлик

Ta’kidlanishicha, portal faoliyatiga nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish sohasida kerakli bilim va tajribaga ega bo‘lgan professional yuristlar jalb qilingan. Ular huquqiy maqolalar va maslahatlar berib bormoqda. Jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshida tashkil etilgan yuridik klinika xodimlari va volontyorlari bilan hamkorlik o‘rnatilgan.

“Hozirgi kunga qadar veb-portalda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlariga oid 60 ta huquqiy maqola chop etilib, ular qulay formatlarda taqdim qilinyapti. Tahlillarga ko‘ra, bir yil davomida portalda e’lon qilingan materiallar 33 ming marta ko‘rildi. Shu vaqt ichida veb-portaldan 16,5 ming odam foydalandi. 146 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, ularning barchasi bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatildi”, — dedi Zafarbek Ergashev.

nogironligi bo‘lgan shaxslar, шароит плюс, yuridik klinika, huquqiy саводхонлик

nogironligi bo‘lgan shaxslar, шароит плюс, yuridik klinika, huquqiy саводхонлик

Ma’lum qilinishicha, BMT Taraqqiyot Dasturi va Finlandiya TIV tomonidan moliyalashtiriladigan “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar” dasturi asosida ajratilgan grant bo‘yicha 2024-yil 1-maydan boshlab loyiha doirasida yangi xizmatlar joriy etildi. Xususan, aqliy va ruhiy nogironligi bo‘lgan, yetarli darajada savodxonlikka ega bo‘lmagan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun O‘zbekistonda ilk bor huquqiy axborotlarning “oson matn” formati ishlab chiqildi. Unda huquqiy ma’lumotlar, qonunlar, maqolalar hamma tushunadigan, oddiy va sodda tilda tushuntirib beriladi. Bugungi kunga qadar 72 ta huquqiy maqola va “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi BMT konvensiyasining oson matn formati tayyorlangan.