6-oktabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi ikki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shu kuni dastlab Ukraina va Fransiya terma jamoalari 3-o‘rin egasining nomini aniqlash maqsadida “Humo Arena”da maydonga chiqdi.

O‘yin 7:1 hisobida ukrainaliklar g‘alabasi bilan tugadi. Daniil Abakshinning uchta, Yevheniy Jukning ikkita, shuningdek, Ihor Chernyavskiy va Mixaylo Zvarichning bittadan gollariga fransuzlar faqat Ayyub Sa’duiyning bitta aniq zarbasi bilan javob bera oldi.

Ma’lumot uchun, final uchrashuvida Braziliya futzalchilari Argentina ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, oltinchi marta jahon chempioniga aylandi.

Ukraina terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishi bilan tugagan uchrashuvda “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf ham mehmon bo‘ldi va e’tiborga molik lahzalarni fotosuratlarga muhrladi.