Paraxat Kaipbekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlov 8-oktabr kuni transport xizmatini ko‘rsatish hamda soha bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish va tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan majlisda amalga oshirildi. Uni Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari Sh. Dauletiyarov olib bordi.
Paraxat Kaipbekov shu kunga qadar “QQavtotexxizmat” MCHJ bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, mehnat faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari kabi vazifalarda ishlagan.