O‘zbekistonda yakunlangan futzal bo‘yicha o‘ninchi FIFA Jahon chempionati o‘zidan keyin sportchilar va sport muxlislari uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi. Toshkent, Buxoro va Andijonda 14-sentabrdan 6-oktabrgacha bo‘lib o‘tgan turnir shiddatli kurashlar, munosib g‘alabalar va achchiq mag‘lubiyatlarning guvohiga aylangan 15 mingdan ortiq muxlislarning e’tiborini tortishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu yilgi musobaqada 24 mamlakat jamoalari qatnashdi va jahon chempioni maqomi uchun kurash olib bordi. Maroqli matchlar natijasida yuqori sifatli o‘yin va jamoa ruhiyatini namoyon etgan Braziliya chempion bo‘ldi. Stadionlarda unutilmas muhit hukm surdi — tomoshabinlar ajoyib birdamlik va sog‘lom raqobat kayfiyatini yaratish orqali o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlab, ularni g‘alabaga erishishga ilhomlantirdi.
Coca-Cola kompaniyasi yana bir bor futzal bo‘yicha 2024-yilgi Jahon chempionatining homiyi sifatida ishtirok etganidan faxrlanadi hamda ushbu chempionat aynan O‘zbekistonda o‘tkazilganini qadrlaydi. Coca-Cola 1978-yildan buyon FIFA uyushmasining doimiy homiylaridan biri hisoblanadi va bugungi kunda ham futbolni ommalashtirishga o‘z hissasini qo‘shish va iste’molchilarini g‘alabalarga ilhomlantirish orqali FIFA tashabbusi ostida o‘tkaziladigan xalqaro futbol tadbirlarini faol qo‘llab-quvvatlashda davom etib keladi.
Kompaniya tomonidan tashkil etilgan o‘ziga xos muxlislar hududida tashrif buyuruvchilar stol futbolida o‘zaro bellashib ko‘rishi, o‘zlarini futbolchi rolida sinab ko‘rib, davrozaga gol urishi, make-up hududida mavzuga doir grimga ega bo‘lishi, insta-hududda esdalik suratlariga tushishi hamda shunchaki Coca-Cola bilan birga musiqa ohanglari ostida dam olishi mumkin bo‘ldi.
Butun chempionat davomida ichimliklardan qolgan barcha butilkalar alohida konteynerlarga to‘planib, qayta ishlashga jo‘natildi. Turnir davomida ko‘ngillilar PET-shishalarni yig‘ib, qayta ishlashga topshirishdi.
O‘zbekistondagi futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Muxlislar ajoyib matchlarning tomoshabiniga aylanishdan tashqari, turli mamlakatlar sportchilarining mahoratidan bahramand bo‘lish kabi noyob imkoniyatga ega bo‘ldi. Mazkur turnir sportning qay tariqa odamlarni birlashtirishga hamda muxlislarni yangi g‘alaba va yutuqlarga intiltirish orqali quvonch bag‘ishlashga qodirligini namoyon etdi.
Reklama huquqlari asosida.