Siyosat

dayjest

Samarqandda MDHning sun’iy intellektni rivojlantirishga doir konferensiyasi o‘tkaziladi

Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari yig‘ilishida maxsus xizmatlarning tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish, kiberxavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi. O‘zbekiston prezidenti Samarqandda sun’iy intellektni rivojlantirish masalalariga oid konferensiya o‘tkazishni taklif qildi.


Iqtisodiyot

dayjest

O‘zbekistonda onlayn kredit ajratilishiga doir vaqtinchalik tartib joriy etilmoqda

1-noyabridan 2025-yilning 1-apreliga qadar onlayn kredit ajratilishiga doir vaqtinchalik tartib joriy etiladi. Markaziy bank ushbu tartib firibgarlik holatlarining oldini olish uchun ekanini ma’lum qildi.


dayjest

O‘zbekistonda gaz importi 2030-yilga borib 10−11 mlrd kub metrga yetishi mumkin — Energetika vaziri

2030-yilga qadar O‘zbekistonda gaz qazib olishni 62 milliard kub metrga yetkazish rejalashtirilgan (lekin so‘nggi yillarda u pasaymoqda). Agar Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlari kutilgan natijani bermasa, import ko‘rsatilgan yilga kelib 10−11 milliard kub metrga yetadi, dedi energetika vaziri.


dayjest

Saneg O‘zbekistondagi atom energetikasi loyihalarida ishtirok etish imkoniyatini o‘rganmoqda

Saneg neft-gaz kompaniyasi 2024-yil boshida Saneg Atom shu’ba korxonasini tashkil etdi. Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “ushbu yo‘nalishda ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida” O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha mavjud vaziyat tahlil qilinmoqda.


Jamiyat

dayjest

Toshkentda davlat tibbiy sug‘urtasi yo‘lga qo‘yildi. Bu nima degani?

1-oktabrdan Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi joriy etildi. Bu tibbiyot xodimlari va aholi uchun nimani o‘zgartirishi haqida “Gazeta.uz” “Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi direktori Eldor Adilov bilan suhbatlashdi.


dayjest

O‘zbekistonliklar Serbiyaga qurilish sohasida ishga taklif qilinmoqda

Serbiya qurilish sohasida ishlovchi o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda. Oylik maosh 700−800 yevro bo‘lib, nomzodlar 50 yoshgacha va 3−5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.


dayjest

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun jazo yanada kuchaytirildi

O‘zbekistonda diniy taassublik tufayli, bir guruh shaxslar tomonidan yoki qurol yoki xavfli narsalar yordamida qasddan badanga yengil shikast yetkazish jazosi kuchaytirildi.


dayjest

Toshkent aeroportida sog‘lig‘i yomonlashgan ayol kasalxonada vafot etdi

Toshkent aeroportida 7-oktabr kuni Dubaydan qaytgan o‘zbekistonlik ayolning tobi qochgan. Rasmiy manbalar ayol soat 18:32 da “tez yordam” mashinasida aeroportdan olib ketilgani haqida xabar berdi. Ayolning vafoti haqidagi hujjatda uning o‘limi soat 18:55 da yuz bergani qayd etilgan.


dayjest

Toshkent viloyatida Nexia urib yuborgan 50 yoshli piyoda halok bo‘ldi

Olmaliq shahrida Nexia 3 haydovchisi “peshexod"dan o‘tayotgan 50 yoshli piyodani urib yubordi. Haydovchi hodisa joyidan qochib ketgani aytilmoqda. Piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.


dayjest

O‘zbekistonlik harbiylar Britaniyadagi xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi

Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Ishtirokchilar jangovar vazifalarni bajarib, 70 kilometrdan ortiq masofani hujum operatsiyalari hamda kimyoviy va biologik tahdid sharoitida bosib o‘tdi.


dayjest

O‘zbekistondagi 12 ta bog‘chada fransuz tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida bepul fransuz tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada vazir Hilola Umarova va Kokoro lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet o‘rtasida kelishuv imzolandi.


dayjest

Fizika bo‘yicha Nobel sun’iy neyron tarmoqlarni o‘rgangan olimlarga berildi

Fizika bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalangan holda mashinali o‘qitishni ta’minlaydigan asosiy kashfiyotlar va ixtirolar uchun Jon Xopfild va Jeffri Xintonga berildi.


dayjest

Deputatlik saylovida muddatidan oldin ovoz berish sanalari belgilandi

O‘zbekiston deputatlari saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berish 16−23-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Jarayon ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari esa 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.


Sport

dayjest

O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi

O‘zbekistonda o‘tgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoaga murabbiylik qilgan Xose Venansio Lopes bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi. O‘FA jamoaning musobaqadagi ishtirokini tanqid qildi. O‘zbekistondagi iqtidorli yosh futzalchilarga ko‘proq o‘yin amaliyoti berish, turnirlarga jalb etish tavsiya qilindi.


dayjest

World Boxing xalqaro tashkiloti prezidenti O‘zbekistonga keldi

World Boxing xalqaro sport federatsiyasi prezidenti Boris van der Vorst O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. U sport rasmiylariga tashkilotning maqsadlari haqida ma’lumot berdi. Yakunda O‘zbekistondan kuchli qo‘llov olganidan xursandligini bildirdi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!