8-oktabr kuni fizika bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti Jon Xopfild (Prinston universiteti, AQSh) va Jeffri Xintonga (Toronto universiteti, Kanada) berildi. Bu haqda mukofotni topshiruvchi Stokgolmdagi Qirollik Karolinska tibbiy-jarrohlik instituti xabar qildi.

Qayd etilishicha, olimlar mukofotga sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalangan holda mashinali o‘qitishni ta’minlaydigan asosiy kashfiyotlar va ixtirolarga qo‘shgan hissasi uchun munosib ko‘rilgan. Ikkala laureat ham statistik fizika bilan shug‘ullanib kelgan.

2023-yilda fizika bo‘yicha Nobel elektronlar bo‘yicha eksperimental tajribalar o‘tkazgan olimlar Per Agostini, Ferens Krauz va Ann Le-Huillerga taqdim qilingandi.

Ma’lumot uchun, kuni kecha tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti genlar faoliyatini boshqaruvchi mikroRNK molekulalarini kashf etgan Viktor Ambros va Gari Ruvkunga topshirildi. Ushbu yo‘nalish mukofot haftaligini ochib berdi.

9-oktabrda kimyo, 10-oktabrda adabiyot bo‘yicha laureatlarning nomi e’lon qilinadi. 11-oktabr kuni tinchlik mukofoti, 14-oktabrda esa Alfred Nobel xotirasiga iqtisod bo‘yicha mukofot topshiriladi.