Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida 8-oktabr kuni kanalga tushib ketgan avtomashina chiqarib olindi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Soat 09:48 da Guliston mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Zang kanaliga shu atrofda yashovchi fuqaroning “VAZ-2106” avtomashinasi tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan chiqargan. Avtomobilda hech kim bo‘lmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi mashina qo‘l tormozini ko‘tarishni unutgan.