Mart oyida Buxoro viloyatining Kogon tumanida yuk mashinasi va ichida o‘quvchilar bo‘lgan teatrga ketayotgan avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 nafar o‘quvchi vafot etgandi.
20-sentabr kuni viloyatning Kogon tuman sudida avtobus haydovchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. “Gazeta.uz” sud qarori bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, 33 yoshli sudlanuvchi Otabek Sharopov Jinoyat kodeksi 266-moddasining (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi.
Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi yo‘lda 50−55 km/soat tezlikda chorrahaga yaqinlashgan vaqtida harakat йўнaлишидaги chorrahaning svetofori ишлaмaётгaнлиги hamda “Йўл bering” belgisi ўрнaтилгaнлигини кўргaн. Chorrahadan келaётгaн yuk avtomashinasi uzoqda бўлгaнлиги sababli yo‘lni kesib ўтишгa ulguraman deb ўйлaб, avtobusni shu tezlikda boshqarib borib, chorrahaga kirgan. Shu vaqtda tezlikda kelayotgan yuk avtomashinasi bilan тўқнaшгaн va йўл-transport hodisasi sodir бўлгaн. Sudlanuvchi shaxs majlisda aybiga to‘liq iqrorligi, bo‘lib o‘tgan holat bo‘yicha chin ko‘ngildan pushaymon ekanligini va marhumlarning oila a’zolaridan kechirim so‘rashini bildirdi.
Sud unga 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. U jazoni manzil-koloniyalarida o‘taydi. Muddat 2024-yil 25-mart kunidan boshlab hisoblanishi belgilandi.
Shuningdek, hukm qonuniy kuchga kirgach haydovchi avtobusi bilan to‘qnashgan beton aralashtirgich mashinasiga yetkazilgan 61,4 mln so‘mlik moddiy zararni qoplashi belgilangan. Bundan tashqari, sudlanuvchi 2 nafar o‘quvchiga kelgusidagi davolanish xarajatlari uchun o‘n million so‘mdan pul berishi kerak.
Sudda jami 34 ta voyaga yetmagan shaxs va ularning qonuniy vakili jabrlanuvchi sifatida ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati musiqali drama teatriga avtobusda ketayotganda YTHga uchragan Kogon tumanidagi 5-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari haydovchidan bir necha marta tez haydamaslikni so‘ragani haqida xabarlar berilgandi.