Uzcard yoki Humo kartalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul jo‘natishni ortiqcha amallarsiz bajarish mumkin. Valyuta kartalari va qo‘shimcha qiyinchiliklarni unutish vaqti keldi — pul o‘tkazmalari bir zumda va qulay shartlarda amalga oshiriladi.

“Ota-ona chet elda o‘qiyotgan farzandiga pul jo‘natishi kerak. Valyuta kartasini ochish va konvertatsiya qilish o‘rniga, ular shunchaki Multicard ilovasini ochib, Visa kartasi raqamini, ism-familiya va summani kiritadilar. Barchasi tez va xavfsiz amalga oshiriladi, pul esa o‘g‘lining kartasiga darhol tushadi”, — deya ma’lum qildi kompaniya.

Multicard`dan Visa Direct — bu “Trastbank” XAB bilan hamkorlikda xalqaro pul o‘tkazmalari uchun ishga tushirilgan qulay yechim bo‘lib, undan Uzcard, Humo va Multicard kartalari egalari foydalanishlari mumkin. Xizmat dunyoning 90 dan ortiq mamlakatiga valyuta kartasini ochmasdan pul jo‘natish imkonini beradi. Mablag‘lar avtomatik tarzda oluvchining valyutasiga konvertatsiya qilinadi, bu esa o‘tkazmalarni qulay va tezkor qiladi.

Multicard`dan Visa Direct qanday ishlaydi

Xizmat Uzcard, Humo yoki Multicard oddiy so‘m kartalaridan dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidagi Visa kartalariga pul jo‘natish imkonini beradi. Boshqa ilovalardan farqli o‘laroq, foydalanuvchiga pul o‘tkazishdan oldin valyuta kartasi yoki mablag‘larni konvertatsiya qilish talab etilmaydi — barchasi avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Mablag‘larni jo‘natish uchun bir nechta oddiy qadamni bajarish kerak:

  1. Multicard ilovasini o‘rnatish va onlayn identifikatsiyadan o‘tish.
  2. Ilovaning bosh sahifasida “O‘tkazish” tugmasini bosish.
  3. Oluvchining karta raqamini, uning ism-familiyasini kiritish. O‘tkazma summasini ko‘rsatib, tranzaksiyani tasdiqlash.

Tayyor. O‘tkazma muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Multicard`dan Visa Direct afzalliklari:

  1. Valyuta kartasi talab etilmaydi: o‘tkazmalarni oddiy so‘mdagi Uzcard, Humo yoki Multicard kartalaridan amalga oshirish mumkin;
  2. Global qamrov: 90 dan ortiq mamlakatga mablag‘ yuborish imkoniyati;
  3. Avtomatik konvertatsiya: pullar avtomatik ravishda oluvchi kartasining valyutasiga o‘tkaziladi;
  4. Past komissiya: komissiya atigi 2 foizni, biroq kamida 2 AQSh dollarini tashkil etadi;
  5. Ish soatlarida qulay kurslar: eng yaxshi valyuta ayirboshlash kursini olish uchun pul o‘tkazmalarini soat 9:00 dan 17:00 gacha amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Multicard kartasiga buyurtma berib, nafaqat xorijdan mablag‘ jo‘natish, balki olish ham mumkin. Karta kobeyjing bo‘lib, ikkita tizim — Humo va Visa funksiyalarini birlashtiradi, buning natijasida unga xorijiy mobil ilovalardan mablag‘larni yuborish mumkin.

Multicard ilovasini iOS va Android da yuklab olish mumkin.

Multicard ilovasi Multibank ekotizimining bir qismi bo‘lib, u aholi va tadbirkorlar uchun turli xil xizmatlarni o‘z ichiga oladi, masalan:

  • Rahmat — kafe va restoranlarda hisob-kitob va naqd pulsiz chaychaqalarni to‘lash xizmati;
  • Jett — “Toshkent” fond birjasida O‘zbekiston kompaniyalarining aksiyalari yoki obligatsiyalarini sotib olish va sotish imkonini beruvchi mobil investitsiya xizmati;
  • Tirikchilik— xayriya mablag‘larini yig‘ish va ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash xizmati;
  • Multikassa — biznes uchun kassa yechimlari;
  • Multibank — tadbirkorlar uchun bank.

Bank xizmatlari Markaziy bankning 2017-yil 21-oktabrdagi 44-sonli bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasi asosida “Trastbank” XAB tomonidan ko‘rsatiladi.

To‘lov xizmatlari Multicard Payment AJ tomonidan 2021-yil 25-iyundagi 26 sonli to‘lov tashkiloti litsenziyasi asosida ko‘rsatiladi.

Reklama huquqlari asosida.