9-oktabr kuni kimyo bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti Devid Beyker (Vashington universiteti, AQSh), Jon Jumper va Demis Xassabisga (Google DeepMind kompaniyasi, Buyuk Britaniya) berildi.

Mukofotni topshiruvchi Stokgolmdagi Qirollik Karolinska tibbiy-jarrohlik institutining xabar qilishicha, mukofot ikki qismga bo‘lingan.

Demis Xassabis va Jon Jumperga u sun’iy intellektdan foydalanib, deyarli barcha ma’lum bo‘lgan oqsillarning tuzilishini aniqlay olgani uchun, Devid Beykerga esa butunlay yangi oqsillarni yaratishga imkon berishdagi ishlari uchun taqdim qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti kvant nuqtalarini kashf etgan va sintez qilgan olimlar — Mungi Bavendi, Lui Bryus va Aleksey Ekimovga berilgandi.

Ma’lumot uchun, 2024-yilda tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofotiga genlar faoliyatini boshqaruvchi mikroRNK molekulalarini kashf etgan Viktor Ambros va Gari Ruvkun, fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalanishdagi ixtirolari uchun Jon Xopfild va Jeffri Xinton loyiq ko‘rildi.

10-oktabrda adabiyot bo‘yicha laureatlarning nomi e’lon qilinadi. 11-oktabr kuni tinchlik mukofoti, 14-oktabrda esa Alfred Nobel xotirasiga iqtisod bo‘yicha mukofot topshiriladi.