Shavkat Mirziyoyev 10-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Turkmaniston poytaxti Ashxobodga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi .
11-oktabr kuni u turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi.
Bundan tashqari, prezident Serdar Berdimuhamedov va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Joriy yilda O‘zbekistonda Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi keng nishonlanadi. Prezident fevral oyida bu haqdagi qarorni imzolagan edi.