14−18-oktabr kunlari X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi mavzu — “San’at va dunyo”.

Biyennale konsepsiyasi san’at va zamonaviylik o‘rtasidagi munosabatni o‘rganishga qaratilgan. Rassomlar o‘z asarlarida qutblangan jamiyat fonida ko‘plab global muammolarga duch kelayotgan zamonaviy dunyoga qarashlarini aks ettiradi.

Tashkilotchilarga ishtirok etish uchun 350 dan ortiq ariza kelib tushgan, ularning uchdan ikki qismi xorijdan kelgan. Tanlovga 40 ta davlatdan 38 nafar xorijlik va 50 dan ortiq o‘zbekistonlik ijodkor olindi. Toshkentda biyennale doirasida ochiladigan ko‘rgazmalarda 120 dan ortiq barcha turdagi san’at asarlari: rangtasvir, haykaltaroshlik, installyatsiya, video-art va spektakl namoyish etiladi. Xorijiy ishtirokchilar bir qator ma’ruzalar va mahorat darslari o‘tadi.

“Bugun O‘zbekistonda barcha sohalar qatori milliy tasviriy san’at ham muttasil rivojlanib bormoqda. San’at sohasiga o‘zining dadil qadamlari, o‘z uslubi, ijod yo‘li bilan ko‘plab iste’dodli yoshlarimiz kirib kelmoqda. Ularning ijodini dunyo rassomlariga namoyish etish, qolaversa yosh musavvirlarimizning jahon mo‘yqalam sohiblari ijodi bilan tanishtirishda, ularning o‘zaro muloqotini yo‘lga qo‘yishda ushbu biyennale keng imkoniyatlar ochadi”, — deydi Badiiy akademiya raisi Akmal Nuriddinov.

Bu yil biyennaleni o‘tkazish uchun budjetdan 860 million so‘m (taxminan 67 ming dollar) ajratildi, deya ma’lum qildi biyennale direktori Orziqul Ro‘ziyev “Gazeta.uz”ga. Mablag‘lar xorijlik ishtirokchilarni joylashtirish, ularni tashish va boshqa xarajatlarga sarflandi, dedi u.

2001-yildan buyon davlatning faol ko‘magida har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinayotgan biyennale tasviriy san’at sohasida madaniy almashinuv, dolzarb masalalarni muhokama qilish va turli mamlakatlarning zamonaviy ijodiy salohiyati bilan tanishish uchun platforma vazifasini o‘tamoqda.

Biyennale dasturi

14-oktabr

  • 17:00 — X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesining ochilish marosimi — Markaziy ko‘rgazmalar zali;
  • 18:00 — “San’at va dunyo” ko‘rgazmasining ochilishi — Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi.

15-oktabr

  • 11:00 — Yevroosiyo rassomlari ko‘rgazmasining ochilishi — O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi (NBU);
  • 14:00 — Rassom Katerin Sara Yangning mahorat darsi (Avstraliya) — Markaziy ko‘gazmalar zalining konferensiya zali;
  • 15:00 — rassom Tytus Brzozovski (Polsha) tomonidan mahorat darsi — xuddi shu joy;
  • 17:00 — Yevroosiyo fotorassomlari krgazmasining ochilishi — Toshkent Fotosuratlar uyi.

16-oktabr

  • 10:00 — “Zamonaviy san’atda milliylik va universallik: tushunish va talqin etishning o‘ziga xosligi” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilishi — Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi konferensiya zali;
  • 14:00 — Petre Jonutsesku, Klaudiya Virjiniya Dimoyu va Kristian Vaduva (Ruminiya) tomonidan “Efemer aks-sadolari” perfomansining namoyishi — Markaziy ko‘rgazmalar zali;
  • 14:30 — Rassom Sh. Abdumalikovdan ijodiy fikrlash va badiiy loyihani rivojlantirish bo‘yicha bootcamp (O‘zbekiston) — xuddi shu joy;
  • 17:00 — O‘zbekiston va Sharqiy Osiyo rassomlari ko‘rgazmasining ochilishi — Ikuo Xiroyama nomidagi xalqaro madaniyat karvonsaroyi.

17-oktabr

  • 05:00 — Biyennalening xorijlik ishtirokchilarining Samarqandga jo‘nab ketishi. Samarqandning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilish;
  • 20:00 — Toshkentga jo‘nab ketish.

18-oktabr

  • 09:30 — Xorijiy ishtirokchilar uchun Toshkent bo‘ylab sayohat;
  • 14:30 — Britaniyalik rassom Steffi Klansning “Buyuk Britaniyaning zamonaviy san’ati” mavzusidagi ma’ruzasi — Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi;
  • 17:00 — X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi yopilish marosimi — Markaziy ko‘rgazmalar zali.