Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti bilan uchrashdi
Ashxobod forumi doirasida O‘zbekiston va Eron prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Imtiyozli savdo bitimi mahsulotlari ro‘yxatini kengaytirish, kooperatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.
Kon-geologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Ural Yusupov tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimda ishlagan.
Mirziyoyev Berdimuhamedovga Maxtumqulining o‘zbek tilidagi asarlari to‘plamini sovg‘a qildi
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Unga Maxtumqulining o‘zbek tilidagi asarlari to‘plamini sovg‘a qildi.
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Ilhom Sobirov Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U bunga qadar “O‘zcharmsanoat” uyushmasida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Maxtumquli tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan forumda nutq so‘zladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi. U turkman shoiri merosi sharq she’riyati va jahon adabiyotini boyitganini ta’kidladi. “Maxtumquli o‘zbek xalqi uchun ham g‘oyat ardoqli va suyukli siymo”, — dedi davlat rahbari.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?
O‘zbekistonda yil boshidan buyon mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 300 mingdan ziyod avtomobili sotildi. UzAuto Motors`ning bu bozordagi ulushi 89,4 foizni tashkil etmoqda. Mashinalari eng ko‘p sotilayotgan brendlar o‘rtasida Chevrolet`dan keyingi o‘rinlarni Kia, BYD va Chery egalladi.
Fan olimpiadalari g‘oliblari olgan pul mukofotlari va sovg‘alari daromad solig‘idan ozod etiladi
O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab fan olimpiadalari g‘oliblariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi. Shuningdek, fan olimpiadalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladigan, ularda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tiladigan maxsus sayt ishga tushiriladi.
“JSTga a’zo bo‘lish uchun qoidalarning 29 foizi uyg‘unlashtirildi, oldinda hali qancha ishimiz turibdi” — prezident
O‘zbekiston o‘z qonunchiligini JST kelishuvlari bilan 29 foizga uyg‘unlashtirdi (yil boshida ko‘rsatkich 25 foiz edi), dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident 269 laboratoriya va 2000 dan ortiq mahalliy standartlarning xalqaro standartlarga muvofiq tan olinishiga erishish bo‘yicha topshiriq berdi.
“Xudo xohlasa, 2025-yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi” — bosh vazir o‘rinbosari
2025-yilda elektr energiyasi va gaz tariflari islohotining asosiy bosqichini yakunlash rejalashtirilmoqda, dedi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ham aholi, ham korxonalar tomonidan energiya resurslaridan ratsional foydalanilishiga xizmat qiladi.
NKMK birinchi marta 1 mln dollarlik yevrobondlar chiqardi. Mablag‘ qanday maqsadda ishlatiladi?
Navoiy kon-metallurgiya kombinati ilk marta, ikki transhda 4 va 7 yil muddatga umumiy qiymati 1 mlrd dollarlik debyut yevroobligatsiyalarni chiqardi. NKMK mablag‘dan kapital qo‘yilmalar bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, mavjud qarzni to‘lash yoki muddatidan oldin so‘ndirish va boshqa maqsadlarda foydalanmoqchi.
O‘zbekiston elektr va gaz ulgurji bozoriga o‘tishni 2027−2028-yillarda yakunlashni rejalashtirmoqda — Jamshid Qo‘chqorov
O‘zbekistonda elektr energiyasi ulgurji bozoriga 2027-yilda, gaz bozoriga esa 2028-yilda to‘liq o‘tish rejalashtirilgan, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. “Biz O‘zbekiston qazib olish bozoriga ko‘proq kompaniyalar kirishini istaymiz”, — ta’kidladi u.
Namanganda AQSh ko‘magida organik mineral o‘g‘itlar zavodi ishga tushdi
Namangan viloyatida “Ifoda Agro Kimyo Himoya” korxonasi granulali organomineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirdi. Loyiha uchun USAID’ning o‘g‘itlardan samarali foydalanish jamg‘armasi 460 ming dollar miqdorida grant ajratdi.
Jamiyat
Yakshanba kunidan havo soviy boshlaydi
13-oktabrdan O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari +3…+8, ba’zi joylarda 0…−2 darajagacha, kunduz kunlari +13…+18 darajagacha pasayadi.
Dam olish kunlari joylarda yomg‘ir yog‘adi
Shanba kuni O‘zbekistonning ayrim joylarida, yakshanba kuni katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda u qorga aylanadi. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +17…+25 daraja atrofida bo‘ladi.
Samarqandda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi
Samarqand shahrida yashovchi 38 yoshli erkak ko‘chada o‘ynab yurgan voyaga yetmagan qizga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlar qilishda ayblanib, 5 sutkaga qamaldi. Erkak aybiga iqror bo‘lib, suddan yengillik so‘ragan.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov bir qancha jinoyatda aybdor deb topilib, ozodligi cheklandi
Qishloq xo‘jaligi vazirining sobiq o‘rinbosari Azimjon Nazarov sud tomonidan bir nechta jinoyatda aybdor deb topildi. Nazarov 550 ming dollardan ortiq miqdoridagi zarar yetkazgani aniqlangan. Sud unga nisbatan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.
Toshkentda 10 kunda 32 nafar “zakladchik” ushlandi
Toshkent shahrida oktabr oyi boshida 32 nafar giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatuvchi shaxs qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
DXX Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan narkotik moddalarni musodara qildi
DXX chegara qo‘shinlari xizmatchilari Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib kelingan giyohvand moddalarni musodara qildi. Mazkur holatlarda qo‘lga olingan gumondorlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Toshkentda mushuk bolasini derazadan uloqtirgan maktab o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi
Toshkentda yettinchi sinf o‘quvchilari ko‘z o‘ngida mushuk bolasini ikkinchi qavat derazasidan uloqtirgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi. Maktab direktori “o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun” intizomiy jazoga tortildi.
“Metroga yaqin korxonalarning ish vaqtini o‘zgartirish taklifi ishlab chiqilmoqda” — Toshkent metropoliteni
Poytaxtdagi metro bekatlariga yaqin bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarining ish vaqtini o‘zgartirish taklifi ilgari surilmoqda. Unga ko‘ra, ish soat 08:00 da emas 09:00 da boshlanadi. “Bu nafaqat transportdagi tig‘izlik, balki yo‘llardagi tirbandliklarni ham kamaytiradi”, — dedi metropoliten bosh muhandisi.
Toshkentda Matiz va Spark to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi
Olmazor tumanida Matiz haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib Spark bilan to‘qnashdi. Oqibatda 40 yoshli Spark haydovchisi halok bo‘ldi, yana 3 kishi shifoxonaga olib ketildi.
Toshkentda favqulodda chaqiruv tugmasi va multimedia tizimiga ega avtobus bekatlari o‘rnatiladi
Poytaxtda metall konstruksiyali avtobus bekatlari o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Ular Wi-Fi, USB portlari, reklama bannerlari uchun ekranlar, favqulodda chaqiruv tugmalari va videokuzatuv kamerasi bilan jihozlanadi.
Fan olimpiadalari markazining vazifasi nimadan iborat bo‘ladi?
O‘zbekistonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilishi belgilandi. Markazning asosiy vazifasi qobiliyatli, fanlarni chuqur o‘rganishga qiziquvchi yoshlarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi iqtidorni yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratish bo‘ladi.
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (12−13-oktyabr)
Yettita kinopremyera, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi, “Bravo” va Konsta konsertlari, fotoko‘rgazma, ijodiy mahorat darslari, teatr tomoshalari, bolalar uchun ko‘ngilochar dasturlar, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Namanganda chiqindi tashish korxonasi fuqarolardan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi “Namangan musaffo iqlim” MCHJga 700 mingdan ortiq iste’molchiga 11 mlrd so‘mlik mablag‘larni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berdi.
Madaniyat
Toshkentda X Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tadi
14−18-oktabr kunlari Toshkentda X Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tadi. Bu yil 40 ta mamlakatdan rassom va kuratorlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ko‘rgazmalarda 120 dan ortiq san’at asarlari namoyish etiladi. Dasturda xorijlik rassomlarning mahorat darslari va xalqaro konferensiya o‘rin olgan.
Sport
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Eron uchrashuvi — suratlarda
Payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinda Eron bilan durang o‘ynadi. “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin o‘yinning e’tiborga molik lahzalarini suratlarga muhrladi.
Jahon
Tinchlik bo‘yicha Nobel Yaponiyadagi atom bombasidan jabrlanganlar tashkilotiga berildi
2024-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiyaning Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalaridan jabrlanganlarni birlashtirgan Nixon Hidankyo tashkilotiga topshirildi. Mukofot “yadro qurollaridan boshqa hech qachon foydalanmaslik kerakligini isbotlagani uchun” berildi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!