Rixos Tersane Istanbul — qariyb chorak asrlik tajriba va xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan o‘ziga xos yondashuv sabab turizm sohasida yetakchi o‘rinni egallagan Rixos guruhining flagman mehmonxonasi. Mehmonxonaning ochilish marosimi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ishtirokida tantanaviy tarzda bo‘lib o‘tdi.

“Istanbulning madaniyat va sanoat sohasidagi merosining qimmatli elementlarini aks ettirgan 600 yillik Tersane Istanbul`ni qayta tiklayapmiz. Hurmatli prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning uzoqni ko‘ra bilishi hamda Transport va infratuzilma vazirligining sa’y-harakatlari tufayli biz uni Istanbul fuqarolari uchun zamonaviy yashash maydoni sifatida qayta tiklayapmiz. Loyihaning birinchi bosqichi atrof-muhitni muhofaza qilish borasida namunaviy yondashuvdan foydalangan holda yakunlandi. Biz ushbu noyob joyda ochgan Rixos Tersane Istanbul shaharning bir qismiga aylanadi va urbanistik mehmondo‘stlik borasida yangi istiqbolni ochadi.

Loyiha iqtisodiyotni rivojlantirishga va ish o‘rinlarini yaratishga munosib hissa qo‘shadi. Shuningdek, Rixos Tersane Istanbul boy madaniy merosni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazishda muhim o‘rin tutadi. Biz mehmonxonaning dizayndan tortib arxitekturagacha bo‘lgan har bir jihatini puxta o‘rganib chiqdik. Men uchun tijoriy loyihadan ko‘ra ko‘proq narsani anglatuvchi ushbu yangi mehmonxona shahrimiz va yurtimizga foyda keltiradi, degan umiddaman. Hurmatli prezidentimiz Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga qo‘llab-quvvatlagani va marosimda ishtirok etgani uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman", — deya Rixos Hotels direktorlar kengashi raisi Fettah Taminje ushbu uzoq kutilgan loyiha haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Toshkentda ham Istanbuldagi yangi sayyohlik majmuasining ochilishiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Rixos mehmonxonalar tarmog‘ining flagman loyihasi: Rixos Tersane Istanbul

Rixos Tersane Istanbul — 432 xonadan iborat bo‘lib, uch qit’adagi sakkizta davlatga sarmoya kiritadigan Rixos Hotels guruhining ajoyib mehmonxonasi hisoblanadi. Tarix, madaniyat va san’atni o‘zida mujassam etgan betakror interer, mazali gastronomik taomlarni taklif etuvchi restoranlar, sport tadbirlari va Oltin Shox ko‘rfazining betakror manzarasi ko‘rinib turadigan infiniti-basseynga ega Rixos Tersane Istanbul shahar markazida unutilmas dam olish onlarini ta’minlaydi.

Mehmonxona arxitekturasi mintaqaning tarixiy qiyofasi bilan mukammal tarzda uyg‘unlashgan. Shahar markaziga yaqinligi va tarixiy yarimorol manzarasi ko‘rinib turishi Rixos Tersane Istanbul`ni mahalliy va xalqaro sayyohlar uchun jozibador maskanga aylantiradi. Bundan tashqari, mehmonxonaga dengiz orqali ham qulay tarzda yetib kelish mumkin.

Rixos Tersane Istanbul o‘z konsepsiyasida madaniyat, san’at va sportga urg‘u beradi. Oltin Shox ko‘rfazi qadim zamonlardan beri qut-baraka va farovonlik ramzi bo‘lgan hamda Istanbulni O‘rtayer dengizi va Yaqin Sharqdagi asosiy savdo markaziga aylantirgan bandargoh vazifasini o‘tagan. Rixos Tersane Istanbul ushbu tarixiy merosdan ilhomlanib, madaniy barqarorlik mavzusida mahalliy va xalqaro rassomlarning zamonaviy san’at asarlarini o‘zida jamlagan maxsus san’at kolleksiyasini yaratdi.

Mehmonxona keng zallari — Tersane Ballroom va Tersane Istanbul Event Hall tufayli turli tadbirlar o‘tkaziladigan joyga ham aylanadi.

Reklama huquqlari asosida.