O‘zavtosanoat 2024-yilning dastlabki uch choragida sotilgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning avtomobillari bo‘yicha statistikani taqdim etdi.

Yanvardan sentabrgacha mamlakatda mahalliy ishlab chiqaruvchilar 303 ming 373 ta avtomobil sotgan. Jumladan, UzAuto Motors 271 ming 221 ta, ADM Jizzakh 19 ming 766 ta, BYD Uzbekistan Factory 11 ming 580 ta avtomobilni xaridorlarga yetkazib bergan.

Infografika: O‘zavtosanoatInfografika: O‘zavtosanoat

Korxonalarning mahalliy bozordagi ulushi UzAuto Motors`da 89,4 foiz, ADM Jizzakh`da 6,5 foiz, BYD Uzbekistan Factory`da 3,8 foizni tashkil etgan.

avtomobillar бозори, avtomobil моделlarи

Brendlar bo‘yicha Chevrolet`dan keyingi o‘rinlarni Kia, BYD va Chery egallagan.

avtomobillar бозори, avtomobil моделlarи

Modellar bo‘yicha yuqori o‘ntalikdan Chevrolet`ning Cobalt, Damas, Tracker, Onix, Labo, Lacetti`si bilan birga BYD Song Plus Champion DMI, Kia Sonet, BYD Chazor, Chery Tiggo 7 Pro`lar o‘rin egalladi.

avtomobillar бозори, avtomobil моделlarи

Avvalroq ADM Jizzakh avtomobil zavodi O‘zbekiston bozorining kamida 25 foizini egallash niyatida, deya ma’lum qilgandi kompaniya bosh direktori Doniyor Davletyarov. Hozirda zavodda Haval (Xitoyning Great Wall Motors kompaniyasi), Chery (Xitoyning Chery Intermational kompaniyasi) va Kia (Janubiy Koreyaning Kia Motors kompaniyasi) brendlari ostida avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, 2023-yilda UzAuto Motors 4,85 mlrd dollarlik 369,99 ming dona avtomobil ishlab chiqarib, O‘zbekiston avtomobil bozorining 81 foizini egallagandi. ADM Jizzakh ulushi 5,5 foizni tashkil etgan, bozorning qolgan ulushi import, jumladan, 291 mln dollarlik 8948 ta BYD avtomobili hissasiga to‘g‘ri kelgandi.