10-oktabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga saralashning uchinchi bosqichida Eron bilan durang o‘ynadi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning e’tiborga molik lahzalarini kadrlarga muhrladi.
Stadionda o‘zlarining davlat bayrog‘ini ko‘targan boshqa davlatlardan, jumladan, Qirg‘izistondan ham muxlislar bor edi. Biroq Milliy gvardiya xodimi ularga yaqin kelib, bayroqni olib qo‘yishlarini talab qildi.