Ashxobod shahridagi xalqaro forum doirasida 11-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

eron, mas’ud pezeshkiyon, prezident

Tomonlar turli darajalardagi faol aloqalar va samarali almashinuvlar davom etayotgani, tovar ayirboshlash hajmi va qo‘shma korxonalar soni ortib borayotganini qayd etdi.

Davlat rahbarlari, shuningdek, kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezkor amalga oshirish, Imtiyozli savdo bitimi doirasidagi mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

eron, mas’ud pezeshkiyon, prezident

O‘zbekiston va Eron yetakchilari xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdi.