Markaziy bank 15-oktabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
AQSh dollari kursi kunlik savdolar yakuniga ko‘ra 22,91 so‘mga oshib, 12 803,05 so‘mni tashkil etdi.
Dushanba kuni banklar dollarni 12 720−12 750 so‘m oralig‘ida sotib olib, aholiga 12 785 so‘mdan (Apex Bank) 12 840 so‘mgacha sotdi.
Oxirgi 10 savdo kunida (30-sentabrdan 14-oktabrgacha) valyuta birjasidagi savdolar hajmi (valyuta sotib olish va sotish) 1,87 mlrd dollarni tashkil etdi, bu avvalgi 10 savdo kuniga — 1,14 milliard dollarga nisbatan 64 foiz yoki 728,1 million dollarga ko‘p (16 dan 27-sentabrgacha).
Yil boshidan buyon so‘m 3,76 foizga — 12338,77 so‘mdan 12803,05 so‘mga (+464 so‘m) qadrsizlandi. Taqqoslash uchun: 2023-yilning shu davrida devalvatsiya 8,94 foizni (-1003 so‘m) tashkil qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi oxirida dollar milliy valyutaga nisbatan 90 so‘mga (+0,71 foiz) mustahkamlangandi. Umuman olganda, yil boshidan buyon so‘m atigi 3,1 foiz devalvatsiyaga uchradi.
Spot suhbatlashgan ekspertlarning fikricha, birinchi yarimyillikdagi so‘m real kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik holat bo‘lgan. Milliy valyuta kursini qo‘llab-quvvatlovchi omillar qatorida yevroobligatsiyalar chiqarilishi, oltin narxining oshishi va MBning valyuta intervensiyalari ham bor edi. Shuningdek, birinchi olti oyda pul o‘tkazmalarining 25 foiz — 6,5 milliard dollargacha oshganini ham qayd etish mumkin.