Siyosat

dayjest

Toshkent viloyati YHXBga yangi boshliq tayinlandi

Polkovnik Aziz Sadirov ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi

Prezident dushanba kuni Toshkent viloyatiga tashrif buyurib, u yerda sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi, yangi loyihalar qurilishiga start beriladi.


dayjest

O‘zbekiston Xalqaro kosmos shartnomasiga qo‘shildi

O‘zbekiston Kosmosni, shu jumladan, Oy va boshqa osmon jismlarini tadqiq qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlar faoliyati prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi. Bu kosmosni o‘rganish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish, resurslar va bilimlar almashinuvi uchun imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.


dayjest

Toshkentdagi ayrim saylov uchastkalarida elektron ovoz berish sinovdan o‘tkaziladi

Markaziy saylov komissiyasi deputatlar saylovi kuni Toshkentdagi 10 ta saylov uchastkasida elektron ovoz berishni sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Saylovchilar an’anaviy yoki elektron ovoz berishni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.


dayjest

Jizzax SSBga yangi rahbar tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan Jizzax viloyati SSBga yangi boshliq tayinlandi. Maxmarasul Umarov bungacha SES viloyat boshqarmasi rahbari bo‘lib ishlagan.


Iqtisodiyot

dayjest

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel Daron Ajemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga berildi

Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti Daron Ajemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga berildi. Olimlar institutlar qanday shakllanishi va ularning farovonlikka ta’sirini o‘rganish yo‘nalishidagi ishlari uchun mukofotlandi.


dayjest

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorida faollik pasayishda davom etmoqda

Sentabr oyida ham O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik pasaydi. Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozori o‘rtacha narxlarida pasayishi kuzatilmoqda. Poytaxt ijara narxlarida barqaror tendensiya kuzatilmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda ipoteka bozori sovimoqda: uy-joy sotib olish uchun ajratilgan kreditlar hajmi qisqardi

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi 2023-yilning shu davriga nisbatan 4,1%ga — 11,7 trln so‘mga, oluvchilar soni esa qariyb 20%ga kamaydi. Shuningdek, ajratilayotgan ipotekalarning o‘rtacha miqdori 19,9%ga — 274 mln so‘mga, banklarning foiz stavkalari esa 23,8%dan 25%ga oshdi.


dayjest

Prezident Yangiyo‘ldagi “Tinchlik” KSZ faoliyati bilan tanishdi

Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Yangiyo‘l tumanidagi “Tinchlik” kichik sanoat zonasida bo‘ldi va u yerdagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. U mahsulot zarur bo‘lgan tarmoqlar bilan kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


dayjest

Dollarning rasmiy kursi ilk bor 12 800 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy bankining AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ilk bor 12 800 so‘mdan oshdi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 3,76 foizga qadrsizlandi.


Jamiyat

dayjest

O‘zbekistonda 14−20-oktabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda hafta boshi va o‘rtalarida yuqori namgarchilik va sovuq bo‘ladi. Kuchsiz shamol va namlik omili kishilarni qalin kiyinish hamda soyabonlar olib yurishga undaydi. Hafta so‘ngiga borib asta-sekin havo harorati yuqorilab boradi va quruq bo‘lishi mumkin. “Gazeta.uz"dan ob-havo sharhi va tavsiyalar.


dayjest

Toshkentda ikki bloger yumoristik klipi uchun qamaldi

Yunusobod tumani sudi ikki bloger va brbalo musiqiy guruhi artistlarini yumoristik klipi uchun 15 sutkaga hibsga olish haqida qaror chiqardi. Sudga ariza bilan murojaat qilgan mahalla raisi video odob-axloq me’yorlari va an’analarga zid ekani, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytdi.


dayjest

Namanganda yigit manyovrlar oqibatida mashina yukxonasidan yiqilib, vafot etdi

Namanganning Kosonsoy tumanida 21 yoshli haydovchi “Jiguli"da turli xavfli manyovrlar qilib harakatlandi. Buning oqibatida mashina “bagaji” ustida o‘tirgan yigit yiqilib tushgan va shifoxonada vafot etgan.


dayjest

Haftaning birinchi yarmida yog‘ingarchilik kutilmoqda

Ural hududidan sovuq va nam havo kirib kelishi sababli chorshanba kunigacha O‘zbekistonda yog‘ingarchilik va haroratning pasayishi kutilmoqda. Payshanbadan esa havo harorati ko‘tarila boshlaydi.


dayjest

Prezident Toshkent tumanining yangilangan markazini borib ko‘rdi (foto, video)

Toshkent viloyatining Keles yo‘li kengaytirilgan holda qayta qurildi. Uning ikki tarafida Davlat xizmatlari markazi, Yoshlar markazi, madaniyat saroyi, amfiteatr, universal sport majmuasi, xotira maydoni va sayilgohlar barpo etildi. Prezident tumandagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.


dayjest

Janubiy Koreyada o‘zbekistonliklar uchun 14 mingga yaqin ish o‘rniga kvota olindi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2024-yilda Janubiy Koreyada 13 700 ish o‘rniga kvota oldi. Oylik ish haqi o‘rtacha 2000 AQSh dollarini tashkil qiladi.


dayjest

Buxoroda erkak tanishini pichoqlab o‘ldirdi, yana birini jarohatladi

Kogon shahrida 53 yoshli erkak kelishmovchilik oqibatida tanishini pichoqlab o‘ldirdi, yana birini jarohatladi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.


dayjest

O‘zbekistonning 5 ta viloyatidagi ko‘p yillik daraxtlar xalqaro ro‘yxatga kiritildi (foto)

Ko‘p yillik, noyob va o‘ziga xos daraxt turlari haqida ma’lumot beruvchi MonumentalTrees.com xalqaro ro‘yxatiga Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi turli daraxtlar ham kiritildi. Ularning yoshi salkam 600−1500 atrofida.


dayjest

Toshkent metropoliteni tirbandlik muammosini qanday hal qilmoqchi?

Kuniga 1 millionga yaqin yo‘lovchi foydalanadigan Toshkent metrosida oxirgi paytlarda tirbandliklar va nosozlik holatlari tez-tez kuzatilib, tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Metropoliten rasmiylari bu kabi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha rejasini ma’lum qildi. Batafsil.


dayjest

Ko‘chki, sel, suv toshqini va qor ko‘chishi sodir bo‘lganda nima qilish kerak?

BMTTD, FVV va O‘zgidromet tomonidan tayyorlangan infografika O‘zbekistonning tabiiy ofat xavfi yuqori bo‘lgan hududlari aholisiga xavf tug‘ilganda harakatlanishda yordam beradi.


dayjest

Toshkentda noqulay ob-havo sabab yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida yong‘in yuzaga keldi

Toshkent shahrida noqulay ob-havo, yomg‘ir yog‘ishi va daraxt shoxlari sinishi oqibatida Vodil-1 tarmog‘iga qarashli elektr uzatish qurilmasida avariya yuz berdi. Elektr ta’minotidagi 1 soatlik uzilishdan so‘ng nosozlik bartaraf etildi.


dayjest

Poytaxt hokimligi fuqarolarni sovuq kunlarda boshpanasiz hayvonlarga yordam berishga chaqirdi

Toshkent shahri hokimligi sovuq kunlarda boshpanasiz hayvonlarga yordam so‘rab shahar aholisiga murojaat qildi. “Imkoningiz va xohishingiz bo‘lsa boshpanasiz jonivorga boshpana yoki ozuqa bering. Shunday qilib, siz kichik, ammo juda muhim bo‘lgan hayotni saqlab qolishingiz mumkin”, — deyiladi murojaatda.


dayjest

Toshkentda o‘zgalarning avtomobillarni olib qochgan yigitlar ushlandi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida ikki nafar 20 yoshli yigit o‘zgalarga tegishli bo‘lgan ikkita Damas avtomashinasini olib qochdi. Ular qo‘lga olinib, 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.


dayjest

Yangi paydo bo‘lgan chiqindi zonalari aerokosmik texnologiyalar yordamida aniqlanadi

Prezident farmoni bilan iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi. Hujjat bilan davlat kosmik monitoringining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.


dayjest

O‘zbekistonda mintaqadagi yagona aviatsiya muzeyini ochish mumkin edi. Ochilarmikin?

Toshkentda jamoat mulkiga aylanishi mumkin bo‘lgan unikal samolyotlar saqlanadi. O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi 100 yilligi nishonlanayotgan 2024-yilda aviatsiya muzeyini ochish imkoni boy berilganicha yo‘q. Abror Sotimov — muzey istiqboli va Airbus’ning vatani Tuluzadagi namuna haqida mulohaza yuritadi.


dayjest

Toshkentda qariyb 44 ming dollarlik qalbaki dorilar savdosi to‘xtatib qolindi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida ikki fuqaro umumiy qiymati salkam 44 ming dollarlik 4000 quti qalbaki dori vositalarini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.


Sport

dayjest

“O‘z uyimizda BAAni hozircha mag‘lub etmaganmiz. Bu an’anaga chek qo‘yishga harakat qilamiz” — murabbiy Vlado Radmanovich

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15-oktabrda BAAga qarshi o‘ynaydi. Shu vaqtgacha terma jamoa o‘z uyida raqibni mag‘lub etolmagan. Murabbiy Vlado Radmanovich bo‘lajak o‘yinda jamoa salbiy an’anaga chek qo‘yish niyatida ekanini aytdi. Futbolchilar tayyor, ijobiy natija uchun maydonga tushamiz, dedi u.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!