Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Maxmarasul Umarov Jizzax viloyati SSB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Maxmarasul Umarov 1992-yili Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Sirdaryo viloyati sanitariya-epidemiologiya markazida vrach-epidemiolog, Do‘stlik tumani tibbiyot kollejida direktor muovini, direktor, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida vrach-epidemiolog kabi qator mas’ul vazifalarda ishlagan.

Mutaxassis tayinlovga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozmida faoliyat yuritib kelayotgan edi.