Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14−15-oktabr kunlari Toshkent viloyatiga tashrif buyurib, bunyodkorlik ishlari, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida obyektlarni ishga tushirish va yangilarining qurilishiga start berish rejalashtirilgan”, — dedi u.

Sherzod Asadovning “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, tashrifning ikkinchi kunida yig‘ilish o‘tkazilib, unda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.