Namangan viloyati Kosonsoy tumanida suv taqsimlash inshootida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
“O‘zenergoinspeksiya"ning hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “K.I.S.T.” MCHJga qarashli suv taqsimlash inshooti hech qanday hujjatlarsiz tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangani ma’lum bo‘lgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qoidabuzarlik oqibatida 1 milliard 265 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.