Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida Yangiyo‘l tumanidagi “Tinchlik” kichik sanoat zonasida bo‘lib, qator korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur sanoat zonasi to‘rt yil oldin o‘ttiz olti gektar maydonda tashkil etilgan. Muhandislik infratuzilmasi, ichki yo‘llar va binolar qurilib, ishlab chiqarish uchun sharoit yaratilgan.

Bu yerga qurilish materiallari, yengil sanoat, oziq-ovqat tarmoqlarida o‘n beshta loyiha joylashtirilgan. Shundan o‘ntasi ishga tushirilgan. Ularda o‘tgan yili 295 milliard so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Joriy yil yakunlari bo‘yicha bu raqamni qariyb ikki baravarga ko‘paytirish maqsad qilingan. Hozircha bu korxonalarda 1 ming 500 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Barcha loyihalar ishga tushsa, bandlik yana ortishi kutilmoqda.

U yerdagi Enter Steel korxonasida metall konstruksiyalar, yuqori bosimga chidamli rezervuarlar, yuk ko‘taruvchi kranlar, burg‘ilash uskunalari, payvandlash elektrodlari, metall eshik, elektr qutilar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu loyihaning qiymati 40 million dollar bo‘lib, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yo‘naltirilgan. Bu yerga Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Niderlandiya kabi davlatlardan uskunalar keltirilgan. “Bu esa mahsulotlar sifati va ish unumdorligi yuqori bo‘lishiga xizmat qilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Korxonada jami 1 ming 500 kishini ish bilan ta’minlash imkoni bor. Zarur mutaxassislarni tayyorlash uchun “Amaliy monomarkaz” tashkil etilgan. O‘quv xonalari va laboratoriyalar zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Ta’lim dasturi esa Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Davlat rahbari korxonaning ish jarayonini ko‘zdan kechirdi, bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Mutasaddilarga korxona mahsulotlari zarur bo‘lgan tarmoqlar bilan kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Foto

enter steel, prezident, tinchlik ksz, toshkent viloyatienter steel, prezident, tinchlik ksz, toshkent viloyatienter steel, prezident, tinchlik ksz, toshkent viloyatienter steel, prezident, tinchlik ksz, toshkent viloyatienter steel, prezident, tinchlik ksz, toshkent viloyatienter steel, prezident, tinchlik ksz, toshkent viloyatienter steel, prezident, tinchlik ksz, toshkent viloyatienter steel, prezident, tinchlik ksz, toshkent viloyatienter steel, prezident, tinchlik ksz, toshkent viloyati