O‘zbekistonning ko‘p asrlik va relikt daraxtlar haqidagi ma’lumotlar MonumentalTrees.com xalqaro ro‘yxatiga kiritildi. Ekologiya vazirligi Ushbu jarayonda tizimdagi mutaxassislar ham ishtirok etgani haqida xabar berdi.

Mazkur elektron ro‘yxatda dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan xalqaro ahamiyatga molik ko‘p yillik, noyob va o‘ziga xos daraxt turlari o‘rin olgan. MonumentalTrees.com ushbu milliy tabiiy meros obyektlarini jahon jamoatchiligiga keng tanitishda va milliy turizm salohiyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekistondan Jizzax viloyati Forish tumanidagi sharq biotasi (yoshi salkam 1500-yil) daraxti, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi chinor daraxti (yoshi 1160-yildan ko‘proq), Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi archa daraxti (yoshi 1000-yildan ko‘proq), yong‘oq daraxti (yoshi 800 yildan ko‘proq) va chinor daraxti (yoshi salkam 600 yil), shuningdek, Surxondaryo viloyati Boysun tumani Sayrob qishlog‘idagi chinor daraxti (yoshi salkam 900 yil), Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi Dorus-Saodat memorial majmuasi hududidagi chinor daraxti (yoshi 750 yildan ko‘proq) hamda Jizzax viloyatida Zomin milliy tabiat bog‘i hududidagi boboyong‘oq daraxti (yoshi salkam 700 yil) xalqaro ro‘yxatdan joy oldi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari safida mazkur xalqaro ro‘yxatda o‘z tabiiy meros obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazgan birinchi va MDH respublikalari orasida uchinchi davlatdir (Rossiya va Ozarbayjondan so‘ng).

Vazirlik mamlakatdagi ko‘p yillik va noyob daraxtlarni xalqaro ro‘yxatga kiritish ishlarini davom ettirayotganini ma’lum qildi.

Foto

daraxt, экология va атроф-муҳитни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси

Forish tumanidagi sharq biotasi.

daraxt, экология va атроф-муҳитни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси

Bo‘stonliq tumanidagi archa daraxti.

daraxt, экология va атроф-муҳитни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси

Bo‘stonliq tumanidagi yong‘oq daraxti.

daraxt, экология va атроф-муҳитни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси

Bo‘stonliq tumanidagi chinor daraxti.

daraxt, экология va атроф-муҳитни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси

Shahrisabz shahridagi Dorus-Saodat memorial majmuasi hududidagi chinor daraxti.

daraxt, экология va атроф-муҳитни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси

Boysun tumani Sayrob qishlog‘idagi chinor daraxti.

daraxt, экология va атроф-муҳитни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси

Urgut tumanidagi chinor daraxti.

daraxt, экология va атроф-муҳитни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси

Zomin milliy tabiat bog‘i hududidagi boboyong‘oq daraxti.