Siyosat

dayjest

Afg‘oniston tomonidan “Termiz” chegaraoldi savdo markazidagi konsertlarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday so‘rov olinmagan — TIV

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston muvaqqat hukumatidan chegara yaqinidagi “Termiz” xalqaro savdo markazida konsertlar va musiqa jo‘rligidagi tadbirlarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday murojaat olmaganini ma’lum qildi.


dayjest

Oybek Elmuratov Farmatsevtika agentligi direktori o‘rinbosari bo‘ldi

Shu vaqtgacha Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori v.b. lavozimida ishlagan Oybek Elmuratov Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar etib tayinlandi.


dayjest

Toshkent viloyati hokimining ikki o‘rinbosari ishdan olindi

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosarlari Botir Alimbekov va Erkin Muhiddinov lavozimidan ozod etildi. Bunga ularning xizmatdagi qator kamchiliklari sabab bo‘lgan.


Iqtisodiyot

dayjest

“Kichik AES O‘zbekiston mulki bo‘ladi, yadro chiqindilari Rossiyaga olib ketiladi” — direksiya rahbari

Kichik atom elektr stansiyasi O‘zbekiston mulki bo‘ladi, dedi AES qurilishi direksiyasi rahbari Otabek Amanov. Uning aytishicha, yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun mahalliy urandan foydalanish rejalashtirilgan bo‘lib, u ishlatilgandan so‘ng Rossiyaga olib ketiladi. U loyihaning bosqichlari haqida ham ma’lumot berdi.


dayjest

Toshkent viloyatida 70 ta obyekt poytaxtdagi tadbirkorlarga bo‘lib to‘lashga beriladi. Sharti — ishchilarning 50 foizi kambag‘al oiladan bo‘lishi kerak

Ancha vaqtdan beri sotilmagan obyektlar poytaxtdagi tadbirkorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lash evaziga beriladi. Bunda korxona ishchilarining 50 foizi kambag‘al oiladan bo‘lishi kerak.


dayjest

Beeline Uzbekistan`ning yangi bosh direktori tayinlandi

Andrey Pyataxin Beeline Uzbekistan yangi bosh direktori etib tayinlandi. Ilgari u Beeline Kyrgyzstan`ni boshqargan. Kompaniyaning yangi rahbari raqamli texnologiyalar vaziri bilan uchrashdi.


Jamiyat

dayjest

Vengriyaning Lakitelek shahrida Alisher Navoiy byusti o‘rnatildi

Vengriyaning Lakitelek shahrida Alisher Navoiy byusti ochildi. U vengriyalik haykaltarosh Dyordji Lantos tomonidan tayyorlangan.


dayjest

O‘zbekiston — BAA futbol uchrashuvi sabab “Bunyodkor” stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va BAA uchrashuvi sabab soat 22:00 gacha Toshkentning Chilonzor, Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi.


dayjest

Qashqadaryoda Labo haydovchisi mast fuqaroni urib yuborib, paxta dalasiga tashlab ketdi. Piyoda vafot etdi

Qarshi tumanida Labo haydovchisi mast piyodani urib yuborib, uni paxta dalasiga tashlab ketdi. Oqibatda fuqaro tez tibbiy yordam ko‘rsatilmagani sababli vafot etdi. Haydovchi protsessual tartibda ushlandi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.


dayjest

Aviatsiya muzeyini ochish g‘oyasi muallifi O‘zbekiston prezidentiga murojaat qildi

11 yildan beri Toshkentda Aviatsiya muzeyini ochish g‘oyasini ilgari surayotgan Abror Satimov O‘zbekiston prezidentiga ochiq xat yozdi. Uning aytishicha, o‘tgan davrda turli idoralarga qilingan murojaatlar natija bermagan. Ayni damda, mamlakat bo‘ylab sochilib ketgan samolyotlar asta-sekin buzilib, vayron bo‘lyapti.


dayjest

Video: Qamchiq dovonida qor yog‘di

15-oktyabr tongidan beri Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida qor yog‘moqda. “Gazeta.uz” tarmoqlarda e’lon qilingan qorli hududdan olingan tasvirlarni jamladi.


dayjest

Navoiyda parranda fermasida mayning ferma tashkil etilgani aniqlandi

Navoiy shahrida tovuq fermada mayning qurilmalarini o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.


dayjest

Sirdaryoda uch kishini o‘ldirgan sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi

Sirdaryo tumanida 2024-yilning aprel oyida bir oilaning uch a’zosini o‘ldirib, jasadlarni yoqib yuborgan sobiq IIB xodimiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Unga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


dayjest

“1 mln dollar katta miqdor emas”. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi — Umra litsenziyasi uchun yangi talablar haqida

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev Umra litsenziyasi uchun yangi talablar tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirdi. “Bu katta miqdor emas… O‘sha 15 ming kishi bilan muammo bo‘lganida, qo‘yilgan 100 ming dollarga 100 kishini ham qaytarib olib kelishga imkoniyatimiz yo‘q edi”, — dedi u.


dayjest

“Mening bog‘cham” loyihasining ovoz berish jarayoni boshlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Mening bog‘cham” loyihasining ovoz berish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Ovoz berish bosqichi 25-oktabr kuni soat 10:00 ga qadar davom etadi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi “Yoshlik-1” koni va 3-misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi (foto, video)

Prezident mis, oltin va kumush ishlab chiqariladigan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi “Yoshlik-1” koni hamda 2021-yilda qurilishi boshlangan, kon ma’danlaridan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun barpo etilayotgan 3-misni boyitish fabrikasida bo‘ldi.


dayjest

Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati qisman cheklanadi

Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi. Avtotransport oqimi bir oyga to‘rt chiziqli yo‘ldan faqat ikkitasiga yo‘naltiriladi. Bu paytda yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlari o‘tkaziladi.


dayjest

Yumoristik klipi uchun qamoqqa olingan blogerlar apellyatsiya asosida ozodlikka chiqdi

Apellyatsiya sudi brbalo musiqiy guruhi a’zolari Kamal Yusupov va Abror Gulyamovning qamoq muddatini qisqartirdi, ular ozodlikka chiqdi. Blogerlar yumoristik klipi uchun 15 sutkaga qamalgandi.


dayjest

Prezident OKMKda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlab berdi

Shavkat Mirziyoyev OKMKda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlab berdi. Loyiha qiymati 5,3 mlrd dollar bo‘lib, zavodda 146 ming tonna katodli mis, 13 tonna oltin, 73 tonna kumush olish quvvatlari yaratiladi, 3 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi.


dayjest

“Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga kambag‘al oila qolishining o‘zi uyat” — prezident

Prezident Toshkent viloyatida kambag‘allikka qarshi kurashish rejalarini ma’qullamadi. U hudud kichik biznes orqali aholini ishli qilishda eng oxirgi o‘rinlarda turganini tanqid qildi. “Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga viloyatda kambag‘al oila qolishining o‘zi uyat”, — dedi davlat rahbari.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!