Toshkent viloyatida ancha vaqtdan beri sotilmagan 70 ta obyekt poytaxtdagi tadbirkorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga beriladi. Bu haqda prezident Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, buning uchun korxonalarda faoliyat yuritadigan ishchilarning 50 foizi kambag‘al oiladan bo‘lishi kerak.

Yig‘ilishda Toshkent shahridagi korxonalarga viloyatdagi qurilishi to‘xtagan obyektlarga ko‘chib o‘tishni taklif qilish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mutasaddilarga “Shifobaxsh suvlar” hududidan yana 5 ta sanatoriy qurish uchun joy topib, auksionga chiqarish, Shifobaxsh suvlar ko‘chasini kengaytirib, atrofida yirik savdo, sport va ko‘ngilochar markazlar, ko‘p qavatli uylar qurish bo‘yicha master reja ishlab chiqish topshirildi.