Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga saralashning uchinchi bosqichida BAAni mag‘lub etdi. 15-oktyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. 66-daqiqada mehmonlar vakili Abdulla Hamad qizil kartochka olib maydondan chetlatildi.

70-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Bobur Abduxoliqov penalti ishladi. Uni Otabek Shukurov golga aylantirdi — 1:0.

Ushbu hisob o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi va O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘z uyida BAA ustidan g‘alabaga erishdi.

To‘rt tur natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston A guruhida 10 ochko bilan birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Keyingi o‘rinda Eron bormoqda (15-oktyabr kuni Qatar bilan o‘ynaydi).

Futbolchilar 5-turda 14-noyabr kuni Qatarga safar qiladi.

Video

Foto

baa, futbol, jch-2026 saralashibaa, futbol, jch-2026 saralashibaa, futbol, jch-2026 saralashibaa, futbol, jch-2026 saralashibaa, futbol, jch-2026 saralashibaa, futbol, jch-2026 saralashibaa, futbol, jch-2026 saralashibaa, futbol, jch-2026 saralashibaa, futbol, jch-2026 saralashi