Siyosat
Rossiya armiyasiga yollanadigan O‘zbekiston fuqarolari jinoiy javobgarlikka tortiladi
O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida jinoiy javobgarlik belgilangan harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi.
O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi tayinlandi
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi bo‘ldi.
“Xorijdagi o‘zbekistonliklar 1500−2000 dollardan kam maosh olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, adolatli tizim bo‘ladi” — prezident
Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklar haqida gapirdi. “Agar ular 1500−2000 dollar olsa, bu nur ustiga a’lo nur, biz ularga ko‘makchi bo‘lamiz. Lekin undan kam oylik olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, o‘ylaymanki, adolatli tizim bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Parlamentlar ilm-fan va innovatsiyalarga budjet xarajatlarining o‘sishiga ko‘maklashishi kerak — O‘zbekiston Senati raisi
Oliy ta’limni jadal kengaytirish va STEM-ta'limni rivojlantirish — O‘zbekistonning ulkan inson kapitalidan samarali foydalanish zaruriyati, dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoq Assambleyasi doirasidagi debatlarda.
Iqtisodiyot
Prezident Toshkent viloyatida “sanoat uchburchagi” ishga tushirilishini ma’lum qildi
Angren, Olmaliq, Ohangaron, Piskent va Ohangaron tumanlarida “sanoat uchburchagi” dasturi amalga oshiriladi, dedi O‘zbekiston prezidenti. Uning so‘zlariga ko‘ra, tumanlar o‘rtasida kooperatsiya va klaster asosida ishlab chiqarish transport xarajatlari va mahsulot tannarxini qisqartirish imkonini beradi.
O‘zbekistonda kichik AESlar qurilishi mumkin bo‘lgan 14 ta maydon baholandi — “O‘zatom” rahbari
“O‘zatom” agentligi direktorining ma’lum qilishicha, atom stansiyalarini qurish uchun 14 ta potensial maydoncha dastlabki tarzda baholab chiqilgan. “Respublikaning turli hududlarida kichik reaktorlarni yanada rivojlantirish uchun ushbu maydonlarni batafsil o‘rganish rejalashtirilgan”, — dedi u.
Raqamli startaplar dasturi ishtirokchilariga 300 mln so‘mgacha qarz ajratiladi
Prezident qarori bilan raqamli startaplar dasturi ishtirokchilariga venchur jamg‘arma tomonidan garov ta’minotisiz, asosiy stavkadan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 300 million so‘mgacha miqdorda startap loyihalarga qarz mablag‘larini ajratish belgilandi.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” binosi 100,4 mlrd so‘mga sotildi
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining besh qavatli binosi 100,4 mlrd so‘mga sotildi. Auksiondagi yagona taklif fasad-parda va eshik tizimlarini yetkazib beruvchi kompaniya tomonidan taqdim etildi.
Sentabrda yangi yengil mashinalar savdosi 10,3 foizga, elektromobillarniki — 2,4 baravar oshdi
Sentabr oyida O‘zbekistonda garchi yangi yengil avtomobillar savdosi segmenti 10 foizdan ortiqqa o‘sgan bo‘lsa ham, umumiy avtomobil savdosi 1,1 foizga kamaydi. Elektromobillar savdosi rekord darajaga yetdi.
Jamiyat
Toshkentda Nikolay II davriga oid 100 ta oltin tangani sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
DXX Toshkentda XIX va XX asrlarga oid 100 ta “Nikolay” oltin tangalarini 67 ming dollarga sotishga uringanlarni qo‘lga oldi. Ushbu tangalar madaniy boylik hisoblanadi va tarixiy ahamiyatga ega. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentda Miran mehmonxonasi binosi yonmoqda. Foto, video
Toshkentning Mirobod tumanida Miran mehmonxonasi joylashgan binoning tomi yonib ketdi (u yerda Swissôtel Tashkent mehmonxonasini ochish uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda). O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirmoqda, voqea joyiga Toshkent shahri FVB rahbariyati va xodimlari yetib keldi. Foto, video.
O‘zbekistonda 97 nafar 2-jahon urushi faxriylari pensiya olmoqda
Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda respublikada 97 nafar 2-jahon urushi faxriylari pensiya olmoqda. Ularning deyarli yarmi ayollardir. Eng ko‘p urush faxriysi Toshkent shahri va viloyatida ro‘yxatga olingan.
Toshkentda 1 mln dollarlik sintetik giyohvand vositalar tayyorlangan laboratoriya fosh etildi
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro bir nechta manzillarda sintetik giyohvand vositalar tayyorlash bilan shug‘ullangani aniqlandi. Tezkor tadbir davomida laboratoriyalardan qariyb 15 kg miqdordagi narkotik vositalar musodara qilindi.
Qozog‘istonda sodir bo‘lgan avtohalokatda 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida avtomobillar to‘qnashuvi oqibatida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, yana to‘rt kishi kasalxonaga yotqizildi.
Andijonda Spark va Damas to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Andijonning Ulug‘nor tumanida Spark haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida Damas bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Mashinalar yonib ketdi, hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi kasalxonaga yotqizildi.
Toshkent metropoliteni xodimlari uchun ko‘p qavatli uylar qurilmoqda
Poytaxtning Yashnobod tumanida metropoliten xodimlariga ijtimoiy uylar qurilmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, bunyod etilayotgan to‘rtta 7 qavatli uylarda 416 ta xonadon bo‘ladi. “Uysiz xodimlar, ya’ni asosan, tizimda ko‘p yildan beri ishlab kelayotgan va yosh oilalarga beriladi”, — dedi metropoliten rasmiysi.
Foto: Shahrisabz va Xivada havo sharlari festivali o‘tkazildi
10−15-oktabr kunlari Shahrisabz va Xiva shaharlarida havo sharlari festivali o‘tkazildi. “Musaffo osmon” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda jami 20 ta havo shari uchirildi. Ular 500 metrdan 900 metrgacha bo‘lgan balandlikka ko‘tarildi. Festivalda chet eldan kelgan aeronavt sportchilar ham qatnashdi. Foto.
Toshkentdagi sobiq Miran mehmonxonasi binosida ro‘y bergan yong‘in o‘chirildi
Sobiq Miran mehmonxonasi binosidagi yong‘inni o‘chirishga 14 nafar yong‘in-qutqaruv guruhi jalb qilindi. Holat alangadan deyarli ikki soat o‘tib bartaraf etildi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Toshkent viloyati uchun 1000 ta yangi avtobus xarid qilinadi
Toshkent viloyatida 1000 ta yangi avtobus xarid qilinishi rejalashtirilgan. Yo‘nalishlar viloyatning barcha shahar va tumanlarini ma’muriy markaz — Nurafshon bilan bog‘laydi. Shuningdek, mehnat migrantlari bilan muloqot qilish, xorijdagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash, xohlaganlarini uyiga qaytarish topshirig‘i berildi.
Sport
O‘zbekiston va BAA futbol uchrashuvi — “Bunyodkor"dan fotoreportaj
Seshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinda BAAni kichik hisobda mag‘lub etdi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari Yevgeniy Sorochin va Murod Yusuf o‘yinning e’tiborga molik lahzalarini suratlarga muhrladi.
“Biz natija uchun o‘ynaymiz, chiroyli futbol uchun emas” — Otabek Shukurov
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov Eron va BAAga qarshi o‘yinlardan so‘ng bo‘lgan tanqidlarga munosabat bildirdi. “Biz faqat natija uchun o‘ynaymiz, chiroyli futbol uchun emas. Chiroyli futbol o‘ynaganmiz, [o‘shanda] men o‘zim ikki marta Jahon chempionati yo‘llanmasini yutqizganman”, — dedi Shukurov.
Jahon
Rossiyaning Irkutsk va Omsk viloyatida migrantlarga iqtisodiyot tarmoqlarida ishlash taqiqlanadi
Rossiyaning Irkutsk va Omsk viloyati gubernatorlari ayrim sohalarda mehnat migrantlarini patent bilan ishga jalb qilishni taqiqlovchi farmon chiqardi. Bunga o‘rmon xo‘jaligi, dori vositalari ishlab chiqarish, taksi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo va boshqa sohalar kiradi. O‘zgarishlar 2025-yildan kuchga kiradi.
AQSh Isroildan G‘azodagi gumanitar vaziyatni yaxshilashni talab qildi
AQSh Isroil hukumati 30 kun ichida G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rmasa, Isroilni harbiy qo‘llab-quvvatlashni cheklashi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!