KNAUF va Texnopark kompaniyalari e’lon qilgan bitim doirasida KNAUF tosh mineral paxta ishlab chiqarish bo‘yicha biznes boshqaruvini o‘z zimmasiga olmoqda. Mazkur hamkorlik Toshkent shahridagi elektr yordamida ilg‘or eritish texnologiyasi bilan jihozlangan hamda past SO2 chiqindi darajasini ta’minlaydigan ishlab chiqarish liniyasini qamrab oladi.

2022-yil oxirida ishga tushirilgan Toshkentdagi zavod zamonaviy energiya tejamkor qurilish jarayoni uchun tosh mineral paxtadan keng assortimentdagi kam uglerodli issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar ishlab chiqaradi.

“Mazkur kelishuv yangi mintaqada izolyatsiya materiallarini ishlab chiqarishga doir faoliyatimizni salmoqli darajada kengaytiradi. Markaziy Osiyo o‘zining jadal rivojlanayotgan qurilish bozori va energiya samaradorligiga berayotgan jiddiy ahamiyati tufayli barqaror, qulay va energiya tejamkor binolarni qurish uchun o‘z sinfida a’lo hisoblangan materiallarni talab qiladi. KNAUF`ning mineral paxta bilan izolyatsiyalashga oid xalqaro tajribasini qo‘llagan holda, bizning Markaziy Osiyodagi mijozlarimiz endilikda unumdor yechimlarning yanada keng qatoridan foydalanib, kompaniyamizning mintaqadagi yetakchiligini mustahkamlashga yordam beradilar, shuningdek, turli ehtiyoj va talablarga mos mahsulotlarni taklif qilgan holda, a’lo sifatli binolarning qurilishiga hissa qo‘shadilar”, — dedi KNAUF guruhining Bosh hamkorlari spikeri Aleksandr Knauf.

реклама

“O‘zbekistonning jadal taraqqiyoti mamlakatda investitsiya iqlimining yaxshilanishiga turtki beruvchi muhim islohotlarning izchil tarzda amalga oshirilishi, bizda O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, aholi farovonligining o‘sishi, shu bilan bir qatorda, mintaqada yangi investitsiyaviy tashabbuslarga shayligi borasida qat’iy ishonch uyg‘otadi”, — dedi KNAUF guruhining bosh hamkori Uve Knotser.

реклама

“Ushbu bitim global faoliyatimizni kengaytirish bo‘yicha uzoq muddatli rejamiz doirasida strategik qadam hisoblanadi. Biz qurilish sohasida ekologik toza va past uglerodli izolyatsiya yechimlariga bo‘lgan talabning kundan-kun o‘sib borayotganini teran anglaymiz. Yangi zavod global faoliyatimiz ko‘lamini kengaytirib, bizning qulaylik, sifat va ekologik tozalik ustuvor jihatlar hisoblangan istiqbolli binolarni qurish kabi maqsadimizning ro‘yobga chiqarilishiga zamin yaratadi”, — deya qo‘shimcha qildi KNAUF Gruop boshqaruvi a’zosi va KNAUF Insulation yo‘nalishining Yevropa/Yaqin Sharq/Osiyo bo‘yicha bosh direktori Dominik Bossan.

KNAUF guruhi

KNAUF Group — xalqaro oilaviy kompaniya bo‘lib, bosh qarorgohi Germaniyaning Inxofen (Frankoniya) shahrida joylashgan. Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchisi sifatida jahonning 90 dan ortiq mamlakatlarida 300 dan ziyod ishlab chiqarish maydonlari va savdo vakolatxonalariga ega. Gips asosida qurilish materiallari, energiya tejamkor izolyatsiyalar va izolyatsion materiallar, shuningdek, shift sektorida tizimli yechimlar tayyorlash bo‘yicha dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchisi sanaladi. 1932-yilda asos solingan KNAUF guruhining 2023-yildagi savdo hajmi 15,6 mlrd yevroga yetdi, kompaniyada 42 500 nafardan ortiq kishi faoliyat yuritadi.

KNAUF guruhi haqidagi batafsil ma’lumot bilan rasmiy saytida tanishish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.