16-oktabr kuni soat 17:17 da Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasidagi qurilish ishlari olib borilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar qildi poytaxt FVB.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra va ijtimoiy tarmoqlardagi videodan ko‘rinib turibdiki, Miran mehmonxonasi joylashgan binoning tomi yonmoqda.
Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv guruhi soat 17:24 da yetib kelgan, ayni paytda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga Toshkent shahar FVB va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati yetib kelgan.
Hozirda jabrlanganlar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q, deya qo‘shimcha qildi FVB.
Guvohlarning aytishicha, atrofdagi tutun hidi tufayli nafas olish qiyinlashgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Accor xalqaro mehmonxonalar guruhi O‘zbekistonda uchta yangi premium mehmonxona ochishni rejalashtirayotganini e’lon qilgan edi. Ulardan biri Swissôtel Tashkent brendi ostida Miran International mehmonxonasi bazasida rekonstruksiya qilinganidan keyin ochiladi. Tugatish muddati 2023-yilning uchinchi choragiga rejalashtirilgan edi.
Foto
Istiqlol ko‘chasi bo‘ylab Borovskiy ko‘chasiga kirish yopilgan.