1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 97 nafar 2-jahon urushi faxriylari pensiya olmoqda. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.

Pensiya oluvchi urush faxriylari jami 97 nafar bo‘lib, shundan, 42 nafari ayollardir. Urush faxriylarining eng ko‘pi Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yashaydi.

pensiya, urush faxriylari

Viloyatlar kesimidagi ro‘yxat:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 nafar

  • Toshkent shahri — 36 nafar

  • Toshkent viloyati — 14 nafar

  • Farg‘ona viloyati — 9 nafar

  • Buxoro viloyati — 5 nafar

  • Qashqadaryo viloyati — 5 nafar

  • Xorazm viloyati — 5 nafar

  • Navoiy viloyati — 4 nafar

  • Namangan viloyati — 4 nafar

  • Samarqand viloyati — 4 nafar

  • Andijon viloyati — 3 nafar

  • Jizzax viloyati — 3 nafar

  • Surxondaryo viloyati — 2 nafar

  • Sirdaryo viloyati — 1 nafar.

Ma’lumot uchun, 1-sentabrdan 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda — 3,53 million so‘mdan 4,06 million so‘mgacha oshirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushining har bir ishtirokchisi va nogironiga 20 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilgandi.