Nikaragua va Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchilari tayinlandi. Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov 16-oktabr kuni ular bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

nikaragua, tiv, uganda

Nikaragua elchisi Tatyana Daniyela Garsiya Silva bilan suhbatda ikki tomonlama munosabatlarda foydalanilmayotgan imkoniyatlarni o‘rganish mexanizmlari muhokama qilindi. Vazir so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat tashqi ofislari o‘zaro aloqalarda, ayniqsa, iqtisodiy jihatdan aniq natijalarga erishishda lokomotiv vazifasini bajarishi lozim. Baxtiyor Saidov elchining mamlakatdagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi Moses Kavaaluuko Kizige bilan uchrashuvda vazir Qo‘shilmaslik harakatiga Ugandaning muvaffaqiyatli raisligini olqishladi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat 2027−2029-yillarda harakatga O‘zbekiston raislik qilishini qo‘llab-quvvatlaydi.

nikaragua, tiv, uganda

“Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar yo‘lga qo‘yilishi mamlakatlarimizning manfaatli va istiqbolli hamkorligi uchun mustahkam zamin yaratadi”, ー deb yozdi u.

Muloqotda tadbirkorlarning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, foydalanilmagan salohiyatni ro‘yobga chiqarish va boshqa masalalar ham muhokama qilindi.