Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Ozarbayjon ittifoqchilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar turli darajalarda faol muloqotlar va samarali almashinuvlar davom etayotgani, o‘zaro savdo va investitsiyalar ko‘rsatkichlari barqaror o‘sayotgani, kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va jadallashtirish, madaniy-gumanitar tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotganin qayd etib o‘tdi.
Shuningdek, terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik hamda xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xavflarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligini mustahkamlash va samarali muvofiqlashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, uchrashuvda Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.