17-oktabr kuni Ichki ishlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari Toshkent shahar xalqaro aeroportida yana 4 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosini kutib olishdi, deya xabar qilmoqda agentlik matbuot xizmati.
Ular Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Moskva shahri bosh boshqarmasining Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari tomonidan “MDH ishtirokchi davlatlarining voyaga yetmaganlarni doimiy yashash joyiga qaytarish masalalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim” doirasida vataniga qaytarilgan.
Agentlik xabar qilishicha, 2024-yilda jami 100 nafar yurtimizning voyaga yetmagan fuqarosi qaytarilib, ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirilgan.
15-oktabrda xorijda ota-ona qarovisiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgandi.