16-oktabr kuni kuni Toshkent vaqti bilan 23:56 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qilmoqda.
Zilzila koordinatalari: 36,56 gradus shimoliy kenglik, 70,54 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 5,8. Chuqurlik 200 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 536 km janubi-sharqda.
Yer qimirlashi, o‘z navbatida, O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida 2 ballik kuch bilan sezildi.